Qaşqadaryoda ayol xuştorini qotillikka yolladi

Qaşqadaryoda ayol xuştorini qotillikka yolladi

Yollanma qotil şeriklari bilan tadbirkorni 44 marta piçoqlab öldirgan hamda uydan 850 mln sömni olib ketgan. Qotillik qurboni bölgan tadbirkor — ayolning eri edi.

Joriy yilning 25 martdan 26 martga ötar keçasi Şahrisabzda tadbirkor X.M jinoiy guruh tomonidan öldirib ketilgan. Uni 44 marta piçoqlagan yollanma qotil va uning şeriklariga sud hukmi öqildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.

Qayd etilişiça, tadbirkor X.M. ayolining U.S. bilan işqiy munosabatda bölganilan xabar topgan va oilaviy janjal yuzaga kelgan. Siri foş bölgan U.S. uyida saqlanayotgan pul mablağlarini qölga kiritib, qoçiş rejasini tuzgan va qotil yollab turmuş örtoğining yaşaş xonadonida bosqinçilikni rejalaştirgan.

Qabih rejaga köra, ayolning huştori va uning şeriklari piçoq bilan qurollanib, X.M.ning uyiga bostirib kirgan. Bosqinçilar uni şavfqatsizlarça öldirib, seyfdagi 850 million söm pul mablağini olib, hodisa joyidan yaşirinişgan. Ammo ular tez orada qölga olinişgan.

Sud hukmiga köra, marhumning ayoliga 13 yilu 4 oy, uning huştori U.S.ga nisbatan esa 20 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. 

Şuningdek, jinoiy guruhning boşqa aʼzolari B.S.ga 21 yilu 6 oy, A.I va J.X.larga 17 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilandi.

×