Prezidentning qarindoşlariga yangi taqiqlar joriy etilmoqda

Prezidentning qarindoşlariga yangi taqiqlar joriy etilmoqda

Prezidentning akasi, opasi va farzandlari milliy kompaniyalarda rahbar lavozimlariga işga joylaştirilmaydi. Bu haqda Qozoğiston adliya vaziri Qanat Musin maʼlum qildi.

«Prezident Qosim-Jömart Töqayev özining sönggi murojaatnomasida prezidentning yaqinlarining işga joylaşişi masalasiga alohida urğu bergan edi. Qosim-Jömart Töqayev inson va fuqaro huquq va erkinliklarining kafolati ekanini hisobga olib, prezidentning yaqin qarindoşlariga davlat va kvazi-davlat tuzilmalarida rahbarlik lavozimlarini egallaşni konstitutsiyaviy ravişda taqiqlaşni taklif qildi», — dedi vazir.

Şu bilan birga, u qonunga muvofiq kimlar prezidentning yaqin qarindoşi ekani va ular qanday lavozimlarni egallaşi mumkin emasligi masalalariga ham batafsil töxtalib ötdi.

«Qonunga köra, yaqin qarindoşlar deganda ota-onalar, bolalar, farzandlikka oluvçilar, farzandlikka olinganlar, bir ota-onadan yoki boşqa-boşqa ota-onadan tuğilgan aka-uka va opa-singillar, bobo-buvilar va nabiralar kiradi. Bundan taşqari, korruptsiyaga qarşi qonunçilikda quda tomonga, yaʼni er-xotinning yaqin qarindoşlariga nisbatan ham çeklovlar qöyilgan. Öz navbatida, Prezident qarori bilan vazirlar, ularning örinbosarlari, hokimlar, davlat boşqaruvi organlari rahbarlari va boşqalarni öz içiga olgan siyosiy va maʼmuriy davlat xizmatçilari lavozimlarining reyestri belgilandi», — dedi Qanat Musin.

Unga köra, kvazi-davlat sektoriga davlat iştirokçisi bölgan taşkilotlar kiradi.

«Şunday qilib, qonunçilik darajasida tegişli taqiqlar belgilansa, masalan, prezidentning ukasi, opasi va farzandlari «Samruq-Qazna» yoki «Bayterek» kabi milliy kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida işlay olmaydi», — dedi u.

Şuningdek, konstitutsiyada prezidentning yaqin qarindoşlarining yuqori lavozimlarda işlaşi taqiqlangan. Qonun kuçga kirganidan keyin prezidentning yaqinlari lavozimidan ozod qilinadi.

«Umuman olganda, konstitutsiyaga prezidentning yaqin qarindoşlarining siyosiy lavozimlarda işlaşini taqiqlovçi norma kiritiladi. Siyosiy lavozimlar röyxati juda keng. Unga maʼlum miqdordagi diplomatlar ham kiradi. Siyosiy lavozimlar röyxatini istalgan odam körib çiqişi mumkin», — dedi vazir.

×