“Tolibon” yangi taqiqlar joriy qildi

“Tolibon” yangi taqiqlar joriy qildi

“Tolibon” Afğonistonda hukumatni qölga kiritganiga 100 kun tölişi arafasida tartib-qoidalarini yanada qatʼiylaştirdi. Özining sakkiz banddan iborat yangi yöriqnomasini eʼlon qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Afğonistonda “Tolibon” hukumati joriy qilgan yangi qoidalarga köra, ayollarning teledasturlarda iştirok etişi taqiqlandi. Ayol jurnalistlar va boşlovçilarga ham ekranda römol öraş buyurilgan, garçi qanday öraniş körsatilmagan bölsa ham.

Afğoniston telekanallari uçun eʼlon qilingan “Tolibon”ning sönggi yöriqnomalari sakkizta yangi qoidani öz içiga oladi. Jumladan, şariat (yoki islom) tamoyillari va afğon qadriyatlariga zid deb topilgan filmlarni, şuningdek erkaklarning intim aʼzolari tasvirini köriş taqiqlanadi.

Bundan taşqari, dinni kamsituvçi yoki afğonlar uçun haqoratomuz deb hisoblanişi mumkin bölgan komediya va köngiloçar körsatuvlar ham taqiqlangan.

“Tolibon” çet el madaniy qadriyatlarini tarğib qiluvçi xorijiy filmlar efirga uzatilmasligini talab qilmoqda.

Maʼlum qilinişiça, Afğoniston telekanallarida asosan ayol boş qahramonlar iştirokidagi xorijiy dramalar namoyiş etiladi.

Mamlakatda jurnalistlar vakili bölgan taşkilot aʼzosi Xöjatulloh Mujaddeyning aytişiça, yangi çeklovlar eʼlon qilinişi kutilmagan bölgan.

Uning maʼlum qilişiça, ayrim qoidalar amalda qöllanmayapti, agarda ularga amal qilinsa, teleradiokompaniyalar yopilişga majbur bölişi mumkin.

Tolibonning qizlar va yoş ayollarni maktabdan çetlaştiriş haqidagi qarori Afğonistonni dunyo aholisining yarmini taʼlim olişini taqiqlagan yagona davlatga aylantirgan edi.

Orada Qobul şahar hokimi ham ayol xodimalarining işga çiqişlarini man etgan. Erkaklar eplay olmaydigan vazifa bölgan taqdirdagina, işlay olişlari mumkinligini aytgan.

“Tolibon” muvaqqat hukumati har ikki çeklovning vaqtinçalik ekani, faqat xotin-qizlarning xavfsizliklarini taʼminlaş maqsadini közda tutganligini daʼvo qilib keladi.

Jurnalistlar yangi qoidalarning ayrimlari mavhum ekani va turliça talqin etilişi mumkinligini aytişmoqda.

Maʼlumot örnida, harakat Afğonistonni ilk bor egallagan 90-yillar boşlarida mamlakatda özining talqinidagi Şariatni örnatgan, xotin-qizlarning işlaş va taʼlim olişlarini butkul maʼn etgan. Ularning barçasini birdek öranişga majbur qilgandi.

×