Tirik çaqaloqni öldirib qöygan şifokorlarga sud hukmi öqildi

Tirik çaqaloqni öldirib qöygan şifokorlarga sud hukmi öqildi

Nukusda tajriba qurboniga aylangan çaqaloqning hayotiga zomin bölgan şifokorlarga sud hukmi öqildi.

Oliy sud matbuot xizmatining maʼlum qilşiça, 18 aprel kuni kuni jinoyat işlari böyiça Nukus şahar sudida jinoyat işlari böyiça Möynoq tuman sudi tomonidan D.Abillayeva (1973 yilda Nukus şahrida tuğilgan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Hududiy perinatal markazi şifokori), R.Saymanova (1972 yilda Kegeyli tumanida tuğilgan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi şifokori) va G.Kalimbetova (1988 yilda Nukus şahrida tuğilgan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Patologik anatomiya byurosi şifokori)ga oid jinoyat işi körib çiqildi. Jinoyatçilarga nisbatan sud hukmi öqildi.

D.Abillayeva Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi, (25,168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi (boşqa jinoyat işi doirasida) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga uzil-kesil ötaş uçun 2 yil muddatga çaqaloqlarga reanimatsion yordam beriş faoliyati bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum etgan holda, 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

R.Saymanova Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga uzil-kesil ötaş uçun 2 yil muddatga çaqaloqlarga reanimatsion yordam beriş faoliyati bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan etgan holda, 2 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

G.Kalimbetovaning xatti-harakatlarida Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bölmaganligi bois aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uçun asoslar) 2-bandiga asosan oqlandi.

Şuningdek, sud majlisida uşbu hukmdan norozi taraflarga hukm eʼlon qilingan kundan boşlab, sudlanuvçilar esa hukm nusxasini olgan kundan boşlab, yigirma sutka içida Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼatiga apellyatsiya şikoyati beriş yoki protest bildirişga haqli ekanliklari tuşuntirilgan.

Maʼlumot uçun, Nukus şahrida 2021 yilning 14 fevral kuni qiz jinsli çaqaloq dunyoga keladi. 15 fevral kuni soat 09:15 da Qoraqalpoğiston hududiy perinatal markazi şifokorlari çaqaloq vafot etganini qayd etib, soat 10:15 da patologiya byurosi xodimlariga berib yuboradi.

Patologiya byurosi xodimlari çaqaloqning kökrak qafasida anotomik kesma kesgan vaqtida çaqaloqda hayotiy belgilar aniqlaydi. Biroq şunday bölsa-da, unga birinçi tibbiy yordam körsatilmasdan, Qoraqalpoğiston Respublikasi perinatal markazi şifokorlari çaqirilib, çaqaloq qaytarib berib yuboriladi.

Keyinçalik çaqaloq öz vaqtida zarur tibbiy yordam körsatilmagani oqibatida vafot etgani aniqlangan.

×