Namangan va Jizzaxda yer maydonini olib berişni vaʼda qilgan firibgarlar uşlandi

Namangan va Jizzaxda yer maydonini olib berişni vaʼda qilgan firibgarlar uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.D. özgalar işonçiga kirib, noqonuniy boylik orttiriş maqsadida, fuqaro N.ga mehmonxona va umumiy ovqatlaniş şahobçasi quriş uçun Oqdaryo tumani hududidan 3 gektar yer maydonini tanişlari kömagida auktsion savdosi orqali olib beriş evaziga 6 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Xuddi şunday, Departamentning Kosonsoy tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Q. fuqaro Q.ga 1 gektar yer maydonini 18 000 AQŞ dollariga tanişlari orqali rasmiylaştirib olib berişga kelişib, şundan 5 000 AQŞ dollari va 43 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

×