Özbekistonning janubiy qöşnilari orqali savdo yöllarini oçiş ustuvor vazifaga aylanmoqda. Bu haqda “The Diplomat” naşri yozgan.
“Joriy yilning mart oyida hindistonlik savdogar birinçi marta Pokiston va Afğoniston orqali Özbekistonga yuk jönatdi. Yuk partiyasi asosan Hindistonda işlab çiqarilgan şakardan iborat bölgan. Dastlab yuk Hindistondan Pokistonning Karaçi portiga yetib keldi. Söngra Pokiston orqali Afğonistonga yöl oldi va Torxam çegarasini kesib Qobulga ötdi. Keyin yuk maşinalari Qobuldan Mozori-Şarifga, söngra Özbekistonning Termiz şahriga yöl oldi. Bu yuk tranziti kamtarona bölsa-da, dengizdan uzoqda joylaşgan Özbekiston uçun katta özgarişlarning boşlanişi bölişi mumkin”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanişiça, bu, öz navbatida, mamlakatning Eron va Rossiya savdo yöllariga jiddiy qaramligini kamaytirişi mumkin.
Özbekiston uçun Rossiya muhim savdo şerigi va jahon bozorlariga muhim yölak hisoblanadi. Bugungi kunga qadar ikki davlat örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi 7,5 milliard dollarni taşkil etmoqda.
“2016 yilda Şavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan beri Özbekistonda bu muammolarni hal etiş, savdo yöllarini kengaytiriş böyiça maqsadli çora-tadbirlar körilmoqda. Xususan, sönggi yillarda rasmiy Toşkent janubiy qöşnilariga eʼtiborni kuçaytira boşlagan. Özbekiston uçun Pokiston dengiz portlariga çiqiş muhim. 2022 yilning mart oyida ikki davlat önlab tovarlarga tariflarni pasaytiriş böyiça imtiyozli savdo bitimini imzolagan edi. Kelişuvga muvofiq, ikki davlat jami 34 ta tovar uçun bojxona tölovlarini 20 foizdan 100 foizgaça pasaytiradi”, deyilgan xabarda.
Ötgan yilning iyul oyida Özbekiston va Pokiston tranzit savdosi böyiça kelişuv imzolagan. Kelişuvga köra, Özbekiston yuk maşinalariga Afğoniston orqali Pokistonning Karaçi, Gvadar va Bin Qosim portlariga töğridan-töğri yuk taşişga ruxsat beriladi. Şuningdek, kelişuv migratsiya qoidalarini soddalaştiriş va haydovçilik guvohnomalarini özaro tan olişni nazarda tutadi. Afğoniston bu kelişuvlar uçun juda muhim, çunki mamlakat Özbekiston va Pokiston örtasida joylaşgan.
Maqolada qayd etilişiça, Pokiston dengiz portlariga çiqiş Özbekistonning boşqa muhim muammolari bilan boğliq.
“Qozoğiston va Ukrainadagi sönggi voqealar Toşkentda xavotir uyğotdi. Xususan, Ukrainadagi sönggi voqealar Mirziyoyevni janubga burilişga undadi. Rossiyaga qarşi sanktsiyalar mamlakatning savdo salohiyatini deyarli butunlay yöq qildi, bu esa, öz navbatida, Özbekiston iqtisodiyotiga jiddiy taʼsir körsatdi. Eng yirik yuk taşiş kompaniyalari Qora dengiz orqali MDH davlatlariga eksportni töxtatdi”, deyilgan maqolada.









