Xitoylik Syue Mey ismli ayol rosmana ateist edi. Dinga işonmasdi. Xitoy kommunistik partiyasi aʼzosi, marksizm va leninizm şaydosi edi. Har qanday dinni bölmağur taşviqotga yöyişdan tiyilmasdi. Biroq bir voqea sabab böldi-yu, ayol tamoman özgardi.
Xullas, u surunkali yötaldan azob çekardi. Bir kuni yana kasalxonaga yotqizişdi. Vraçlar tomiriga antibiotik ukollar qilişdi. Şunda dafʼatan huşidan ketdi.
— Yöq, men göyo huşimdan ketmagandek edim, — deya hikoya qiladi ayol. — Qandaydir boşqa bir holatga ötdim. Tuşunmasdim. Nimalar bölyapti özi? Şuni anglab turardimki, ruhan va jismonan yengil tortdim. Sal ötib zulmatdan iborat yerosti yöli böylab oldinga yurayotganimni payqadim. Piça qörqinçli edi. Öldimmi, tirikmanmi, idrok eta bilmasdim. Meni köz ilğamas mavjudotlar nuqul tinçlantirişardi. Yöq, ular gapirmasdi, ammo tinçlantirişayotganini körib turardim. Keyin yerosti yöli yakun topib juda yorqin bir dunyoga kirib qoldim. Bu yerda har bir molekula, atomni öz közlarim bilan körib turardim. Vujudimni qörquvlar, şubhalar tamoman tark etgandi. Tanamda oğriq ham tuymasdim. Buni söz bilan taʼriflab bölmaydi…
Syue Mey özidan uzoqda qolgan jajji gödagi haqida öylab qayğura boşladi. Yaqinlari yodiga tuşdi va tuşunib yetdiki, yoruğ dunyoda hali qiladigan işlari köp ekan. U juda-juda ortga qaytişni istadi Şu istak könglidan keçgan zahoti yana kasalxona palatasida paydo böldi. Avvaliga çetdan turib vraçlarni kördi. Vraçlardan biri hamşiralarga körsatma beriş bilan band edi. Ketidan telefon jiringlaşi quloqlari ostida yangradi. Bildiki, bu uning telefoni. Kim unga qönğiroq qilayotganini ham sezib turdi. Keyin esa beixtiyor boşi aylanib, tanasiga qaytdi. Şu lahzadayoq közlarini oçdi. Örnidan turib ötirmoqçi böldi. Ammo köngli aynib bunga yöl bermadi…
Ha, şu voqeadan keyin xitoylik ayol Syue Keyning dunyoqaraşi butkul özgardi. Ikki dunyo oraliği materialistlar aytganidan umuman boşqa ekanini angladi. Ölimdan qörqmay qöydi, Xudoga işonib qoldi. Qarangki, şundan söng surunkali xastalik ortiq uni bezovta qilmaydigan böldi. Hozir u Yaratganga behisob şukrlar qilgan holda hayotidan mamnunlikda umr keçiryapti.
Olimjon HAYIT tayyorladi









