SALKAM 700 MILLIARD SÖMGA YAQIN QQS KORXONALARGA QAYTARILDI

SALKAM 700 MILLIARD SÖMGA YAQIN QQS KORXONALARGA QAYTARILDI

Toşkent viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan ötgan davrda hududdagi 73 nafarga yaqin norasmiy işlayotgan xodimlarni aniqlaş va yaşirin iş örinlarini legallaştiriş belgilangan edi. Natijada byudjetga 66,1 milliard sömdan ortiq qöşimça tuşum manbasi yaratilib fuqarolarning faoliyati qonuniylaştirilgan.

Viloyat davlat soliq boşqarmasiga 2021 yil mobaynida qöşilgan qiymat soliğini qaytariş böyiça 1 ming 619ta korxonadan 1 trillion 527,1 milliard sömlik arizalar kelib tuşgan. Şundan, 454ta korxonaning hisob raqamiga 671,0 milliard söm mablağlar qaytarib berilgan.

Şuningdek, 1 ming 475 nafar QQS soliq tölovçilariga bevosita yordam berib, ularning hisobotlarini töğirlaşga kömak berilişi natijasida qöşimça soliq bazasi yaratilib, soliq tölovçilar tomonidan byudjetga 330 million sömdan ortiq soliq tölovlari tölab berilgan.

2021 yilda viloyat böyiça 3 ming 180ta böş turgan obektlar aniqlangan. Ularga nisbatan 139,5 milliard sömlik taʼsirçan soliq mexanizmlari qöllanilgan. Joylardagi 1 ming 557ta obʼektning faoliyati tiklanişi tufayli 4 ming 382 nafar yangi iş örinlari yaratilgan. Natijada byudjetga qöşimça ravişda 53,2 milliard sömlik mablağ kelib tuşgan.

Hozir viloyatda 22 ming 593dan ortiq savdo va xizmat körsatiş obektlari mavjud. Eʼtiborlisi, ularning barçasida “Onlayn” nazorat kassa maşinalari örnatilgan. Bu öz-özidan uşbu korxonalarning şaffof va oçiq faoliyat körsatayotganini anglatadi. Bundan taşqari, aholi bilan naqd pulda hisob-kitob qiluvçi savdo va xizmat körsatiş obektlarining barçasida onlayn nazorat kassa maşinalari örnatildi.

×