Ijaraga berilgan yer uçastkalaridan samarali foydalaniş aholi moddiy farovonligini oşiradi

Ijaraga berilgan yer uçastkalaridan samarali foydalaniş aholi moddiy farovonligini oşiradi

Yer — daromad manbai. Bu gap xalqimiz tilida neça asrlardan buyon qayta-qayta takrorlanib öz tasdiğini topgan naqldir. Zero har qanday zamonda ham insonni yer boqadi.

Fuqarolarimiz mamlakatimizdagi şaroit va imkoniyatlarni töğri tuşungan har qariç yerdan unumli foydalanişga harakat qilmoqda. Hatto, şunday xonadonlar borki, yillar davomida öziga tegişli yerlarni oilasining asosiy daromad manbaiga aylantirgan.

Prezidentimiz boşçiliklarida mamlakaitmiz aholisining turmuş darajasini yaxşilaş, ularning moddiy farovonligini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Uşbu yönalişda bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi.

Mamlakatimizda paxta va ğalladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida boğdorçilik, uzumçilik, poliz va sabzavotçilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetiştiriş sohasida eksportbop qişloq xöjaligi ekinlari ekişni köpaytiriş, şuningdek, aholining keng qatlamlarini jalb qiliş orqali uşbu yerlardan samarali foydalaniş tizimini yaratiş maqasadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotçilik va uzumçilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, qişloq höjaligi işlab çiqarişda dexqon xöjaliklarining uluşini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-20-sonli qarori qabul qilindi.

Şunga asosan 2022 — 2025 yillarda davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda fermer xöjaliklari va klasterlar foydalanişidagi past hosilli paxta va ğalla ekinlaridan qisqartirilgan yerlar hisobidan fuqarolarga 10 sotixdan 1 gektargaça bölgan ölçamda oçiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan 200.038 gektar yer maydonlari ajratilişi belgilanib, Respublikada 2022 yil davomida 80.000 gektar yer maydoni elektron tanlov asosida ğolib bölgan fuqarolarga topşirilişi közda tutilgan.

Qarorda 2022-2025 yillar davomida Namangan viloyatining tumanlarida fermer xöjaliklari va klasterlar foydalanişidagi past hosilli paxta va ğalla ekinlaridan qisqartirilgan yerlar hisobidan oçiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan 11.100 gektar yer maydoni ajratiş belgilandi. 

Taʼkidlaş joizki, respublikamizda yetiştirilayotgan 80 turdan ortiq qişloq xöjaligi mahsulotlari bugungi kunda dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. Bunda, meva-sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi 2016 yildan 2021 yilga qadar qariyb 2 barobarga oşgan.

Jumladan, hisob-kitoblarga köra 1 gektar maydonda yetiştirilgan paxta xom aşyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yonğoqdan 5 baravar köp daromad oliş hamda uşbu yerlarda oilaviy tadbirkorlik doirasida kiçik intensiv boğdorçilik, uzumçilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoşka yetiştiriş va sabzavotçilik loyihalarini qöllab-quvvatlaş orqali ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlaş böyiça katta imkoniyat yaratildi.

Qişloq xöjaligi maqsadlari, şu jumladan dehqon xöjaligini yuritiş uçun yer uçastkalarini ijaraga beriş böyiça materiallarni töplaş, körib çiqiş, ularni vakolatli organlar va taşkilotlar bilan kelişiş «E-IJARA» axborot tizimi orqali amalga oşirilib, «E-AUKSION» elektron savdo platformasida oçiq elektron tanlov ötkaziş orqali ijaraga beriladi.

Dehqon xöjaligi yuritiş uçun yer uçastkalarini oçiq elektron tanlov orqali ijaraga berişda öz tomorqasida meva-sabzavotçilik, poliz mahsulotlarini yetiştiriş va uzumçilikda yaxşi natijalarga erişgan, uşbu sohalardan birida tayanç mutaxassislikka ega bölgan fuqarolarga, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoşlar daftari»da röyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik berilşi közda tutilgan.

2022 yilda viloyat böyiça 6349 gektar yer maydoni qişloq xöjaligi maqsadlari, şu jumladan dehqon xöjaligini yuritiş uçun yer uçastkalarini ijaraga beriş böyiça Respublika “Özdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalaş instituti “Namvilerloyiha” Namangan viloyati bölinmasi tomonidan materiallar töplanib, loyihalar tayyorlanib,  körib çiqiş, ularni vakolatli organlar va taşkilotlar bilan kelişib, «E-AUKSION» elektron savdo platformasiga çiqariş işlari davom ettirilmoqda.

Bugungi kunga qadar  viloyatda «E-AUKSION»da qatnaşiş uçun 72.798 ta ariza kelib tuşgan bölib, tanlov asosida 34.143 nafar ğolib aniqlangan.

Namangan viloyati, tumanlararo, tuman (şahar) sudi raislari va Qişloq xöjaligi boşqarmasi, fermerlar kengaşi, “Özdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalaş instituti, hokimliklar xodimlari iştirokida viloyatning 11 ta tumanida tanlovda ğolib çiqqan fuqarolarga özi yaşab kelayotgan mahallalarda seminarlar taşkil etilib, yerdan foydalaniş böyiça tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.

Jumladan, Norin tumanida 51 mahalladan 4.414 nafar, Uçqörğon tumanida 64 mahalladan 4.624 nafar, Pop tumanida 77 maxalladan 4.690 nafar, Çust tumanida  70 mahalladan 1.735 nafar elektron tanlovda ğolib bölgan fuqarolarga yer maydoni ajratilib, tegişli hujjatlar bilan , metodik qöllanma tarqatildi. Şu bilan birga viloyatning boşqa tumanlarida ham 18.680 nafar tanlov ğoliblariga yer uçastkalari  ajratilib, yerga bölgan huquq töğrisida guvohnoma, order hamda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan işlab çiqilgan “Ijaraga berilgan yer uçastkalaridan samarali foydalanişni taşkil etiş böyiça “METODIK QÖLLANMA”” tarqatildi.

Metodik qöllanmada davlat tomonidan aholining keng qatlamlarini mehnat bilan band qiliş orqali kambağallikni qisqartiriş, aholining iqtisodiy barqarorligini taʼminlaş maqsadida ajratilgan
yer uçastkalaridan samarali va oqilona foydalaniş, dehqon xöjaligi yeridan oqilona foydalanmasa, ijara şartnomasi sud orqali muddatidan oldin bekor qilinişi, tuşuntirib ötilgan.

Ötkazilgan tadbirlar davomida sudyalar tomonidan ğolib fuqarolarga “Yer uçastkasining ijarasi yer uçastkasiga ijara şartnomasi şartlarida muddatli, haq evaziga egalik qiliş va foydalanişdan iboratligini, berilgan yer uçastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboşlaş obʼekti bölişi mumkin emasligini, Yer uçastkasiga bölgan huquq joyning özida çegaralar belgilanganidan, yer uçastkalarining çizmalari va tavsiflari tuzilib, yer uçastkalariga bölgan huquq davlat röyxatiga olinganidan keyin vujudga kelişi, ijaraga berilgan yer uçastkalaridan samarali foydalanişni taʼminlaşning huquqiy asoslari,  yer uçastkasi ijarasi töğrisida, yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş, yer uçastkalariga bölgan huquqlarning bekor qilinişi, yer qonunçiligini buzganlik uçun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borasida keng tuşuntiriş berildi.

Tumanlarda ötkazilgan tadbirlar davomida Prezidentimiz yerlarni ajratişda ustuvorlik eng avvalo mahalladagi şaroiti oğir, lekin işlaşga iştiyoqi baland oilalarga berilişini va bunga hokim yordamçilari boş qoş bölişini qayd etib ötganliklari taʼkidlanib, yer maydoni ajratiş emas, balki aholini daromadini oşiriş uçun imkoniyat yaratiş bölib, yerni ijaraga olgan oila yil davomida yaxşi işlasa kamida 40-50 mln. söm daromad topişi kerakligi hamda daromad bilan oyiga 3-4 mln. söm daromad olişi orqali örta hol oilaga aylanişi mumkpinligi ham aytib ötildi.

Taʼkidlaş joizki, yer umummilliy boylikdir, Özbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalaniş zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Qaror ijrosini taʼminlaş işlari davom ettirilmoqda.

Namangan viloyat sudi jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimi

×