Özbekistonda 2022 yilda 136 ta va 2023 yilda yana 140 ta yangi poliklinika faoliyati yölga qöyiladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 18 mart kuni tibbiyot xodimlari bilan bölib ötayotgan muloqotida maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, 2023 yildan boşlab, joylardagi poliklinika filiallari negizida, 1 ming 100 ta oilaviy şifokor punktlari taşkil etiladi. Şu tariqa qariyb 1 million nafar aholi tibbiy xizmat bilan qamrab olinadi.
Şuningdek, 2 mingdan ziyod olis va çekka mahallalarda tibbiyot punktlari oçiladi. Ular orqali olis va çekka hududlardagi 4 million nafar aholiga birlamçi tibbiy xizmat körsatiş yölga qöyiladi.
2021 yildan boşlab, boşqa joydan olis va çekka hududlarga kamida uç yil işlab beriş uçun kelgan şifokorlarga, 30 million söm miqdorida bir martalik rağbat puli tölaş, ularni xizmat uyi bilan taʼminlaş yoki ijara tölovini (oyiga 540 ming söm) byudjetdan qoplab beriş tizimini joriy etilgan edi.
Endi, “Qişloq şifokori” dasturi yanada takomillaştiriladi va 2022 yil 1 maydan boşlab:
• olis va çekka hududlarda faoliyat olib borayotgan şifokorlarning oylik iş haqiga 2 million sömdan qöşimça ustama tölanadi;
• uşbu şifokorlarga ipoteka asosida uy-joy sotib oliş xarajatining 50 foizgaça qismi mahalliy byudjetlardan qoplab beriladi;
• bundan buyon, olis va çekka hududda uzluksiz uç yil işlagan şifokor, klinik ordinaturaga imtihonsiz qabul qilinadi.
“Yana bir masala – xabaringiz bor, iqlim va aholining turmuş tarzi özgarişi (kam harakatlik, notöğri ovqatlaniş) oqibatida, dunyoda asab tizimi, yurak-qon tomir, diabet kasalliklari tobora köpayib bormoqda.
Mamlakatimizda ham har yili şunday kasalliklarga uçragan yuz minglab bemorlar qayd etilmoqda. Lekin, tuman kasalxonalarida bunday kasalliklar böyiça yot́ib davolanadigan bölimlar yöqligi sababli, bemorlar viloyat va respublika şifoxonalariga borişga majbur bölmoqda”, deydi davlat rahbari.
Endi ana şu kasalliklar böyiça, aholining özi yaşayotgan joyida ixtisoslaşgan tibbiy yordam oliş imkoniyatlari kengaytiriladi.
Jumladan, 2022 yilda tuman markaziy şifoxonalaridagi örinlarning 10 foizi nevrologiya, endokrinologiya, kardiologiya kasalliklari uçun ajratilib, byudjetdan moliyalaştiriladi. Bu körsatkiç 2023 yilda 20 foizga yetkaziladi.









