Sanktsiyaga uçragan rossiyalik oligarx farroşga tölaşga puli qolmaganini aytdi

Sanktsiyaga uçragan rossiyalik oligarx farroşga tölaşga puli qolmaganini aytdi

Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanktsiyalari ostida qolgan rossiyalik milliarder Mixail Fridman özini Londonda asir deb atadi. Milliarderga köra, unda hatto farroş ayolning xizmatlari uçun ham pul yöq. Bu haqda “Bloomberg Businessweek” yozmoqda. 

Sanktsiyalar ostida qolgan Fridman “Alfa-bank”, X5 Group va Veon kompaniyalari direktorlar kengaşlaridan isteʼfoga çiqqan. Londonda yaşovçi Fridman bilan suhbatlaşgan naşrning yozişiça, u Isroil pasportiga ega. 

Ammo u Isroilga köçib ötiş uçun u yerda uyi yöqligini va uy sotib olişga puli yöqligini aytgan. 

“Men bu yerda mahbusman”, deya uning sözlarini keltiradi naşr. 

Taʼkidlanişiça, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning çora-tadbirlari milliarderning hisoblari muzlatilişiga olib keldi va endi u hatto kiçik xarajatlarga, masalan, tozalaş uçun ham qanday tölov qiliş haqida öylamoqda. 

“Balki uyni özim tozalaşim kerak. Bu normal holat. Talabalik paytimda tört kişi bilan kiçik yotoqxonada yaşardim. Ammo 35 yildan keyin bu kutilmagan hol”, degan Fridman intervyusida. 

Qayd etilişiça, hisoblar bloklanganidan keyin Fridman Britaniya hukumatidan pul sarflaş uçun ruxsat olişi kerak böladi, bu uning sörovi asosliligini aniqlaşi kerak. Fridmanning xarajatlari oyiga taxminan 2,5 ming yevro bilan çeklanişi mumkin. 

Sanktsiyalar joriy etilgunga qadar Fridmanning boyligi taxminan 14 milliard dollarni taşkil qilgan. Hozir uning qoğozdagi boyligi ön milliard dollarga yaqin. 

Fridmanga köra, uning Londondagi uyi, Moskvadagi uyi va Latviyadagi ota-onasining kvartirasidan boşqa köçmas mulki yöq, şuningdek, “musodara qilinişi mumkin bölgan yaxta yoki samolyoti yöq”.

×