16 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov TikTok kompaniyasining vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspektsiyasi va Davlat personallaştiriş markazi masʼul xodimlari ham qatnaşdi.
TikTok bugungi kunda dunyoning köplab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oşirib kelmoqda. Kompaniya vakillari Özbekistonda ham şunday loyihalarni amalga oşirişga tayyor ekanliklarini bildirişdi.
Uçraşuv davomida Özbekistonda platformadan foydalanuvçilarning xavfsizligini taʼminlaş hamda Özbekiston Respublikasi qonunçiligi talablarini bajariş masalalari ham muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari platforma orqali tarqaladigan Özbekiston qonunlariga zid materiallar tarqalişining oldini oliş böyiça hamkorlikda işlaşga tayyor ekanligini bildirgan.
AKT vazirligi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş maqsadida, kompaniya vakillariga Özbekistonda öz vakolatxonasini oçiş böyiça taklif berdi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi, deyiladi xabarda.











