Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Şerzod Qudratxöja Karimov va Mirziyoyev davridagi söz va matbuot erkinligi, odamlarning unga bölgan munosabatini gumma va steykka öxşatdi. Uning fikriça, gumma yeb yurgan odamlar steykni qabul qilişi juda qiyin. Bu haqda u joriy yilning 10 noyabr kuni Toşkentdagi Milliy matbuot markazida “Söz va matbuot erkinligini taʼminlaş borasidagi islohotlar mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi” mavzusida ötgan anjumanda gapirdi.
"It 25 yil zanjirda tursa-yu, keyin qöyib yuborilsa, qançadir muddat nima bölganini özi ham tuşunmaydi. Qopadi, yuguradi. Albatta, bu madaniyatga boğliq. Bizda ham jurnalistlarga, tasvirçilarga mana şunday muomala qilinişi madaniyat va söz erkinligi yöqligining natijasi va oqibatidir. Bu jarayonlar birdaniga sodir bölmaydi. Men bu masalada ikkita yölni köraman. Töğri, biz bu haqda köp gapirdik. Parlamentimiz bilan saylov payti saylov kodeksi böyiça işladik. Hozir boşqarma va soliq kodeksi bor. Mass medianing ham faoliyatini belgilaydigan bitta va yagona axborot kodeksi bölişi kerak. Hozir mass mediada 10 dan ortiq qonun bor, köplari 1992-1998 yillar, eski davrlarda eskilik qolipi böyiça tuzilgan. Eski narsani çiqarib taşlaşimiz kerak.
Masalan, hozir Saylov kodeksida hamma narsa tuşunarli. Men özim Markaziy saylov komissiyasida 1998 yildan buyon işlayman. Ilgari 10 ta qonunni öqişimiz kerak edi va bu biz uçun juda oğir bölardi. Hozir esa, bitta kodeksda öqiladi va hammasi tuşunarli", deydi rektor.
Şerzodxon Qudratxöja öz nutqi davomida bugun media sohasida sudyalarning ham malakasi yetişmayotganini taʼkidladi.
"Ikkinçi yöl-sudlaşiş. Bu huquqni heç kim bizdan olib qöymaydi. Öşa holat [jurnalistning faoliyatiga nisbatan tösqinlik] böldimi, sudga beriş kerak. Media sohasida hali sudyalarning ham malakasi yetişmaydi. Jinoiy işni tuşunadi, maʼmuriyni tuşunadi, ammo media sohasida maslahat bera oladigan advokat yöq. Advokatlarni yuridik universitet tayyorlaşi kerak", deydi u.
Şerzodxon Qudratxöja sözida davom etar ekan, 25 yil mobaynida boşqa bir muhitda yaşab kelgan insonlarning media savodxonligi va dunyoqaraşini bir kunda özgartirib bölmasligi, rivojlaniş uçun biroz vaqt kerakligiga töxtaldi:
"Biz 25 yil jannatdan xabarlarning oqibatida yaşadik. Hozir birdaniga huquqiy maydon! Insonlarning dunyoqaraşi, media savodxonligini [birdaniga] oşira olmaymiz va heç narsa birdaniga bölmaydi. Qöpol qilib aytganda, yoşligimizda "Tört tiyinlik gumma", der edik. Şu tört tiyinlik gummani butun umr yeb kelayotgan odamga çiroyli angus göştidan steyk tayyorlab bersangiz, oldiga tabasko, motsarella pişloğidan qöysangiz, "Nima berding? Menga şu peraşkamning özi ham yoqadi", deya javob beradi. Men şuni aytmoqçimanki, bu masala ham sekin-sekin yeçim topadi”.
Qudratxöja sözini yakunlab Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov va Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlikni taʼminlaş masalalari qömitasi raisi örinbosari Farhod Boqiyevga yuzlanib, tezroq media ambudsman tizimini yölga qöyiş, şuningdek mavjud qonunlarni bir kodeksga birlaştiriş vaqti kelganini urğuladi.









