Özbek xalqi mehnatda toblangan. Turli yumuşlar bilan ovora-yu sarson bölib, hujjat işlarini öz vaqtida bajarişini yodda çiqaradi. Turmuşning turli sinovlarini deb, bola-çaqasini ustuni butun, qonini töq qiliş ilinjida tun-u kun tinim bilmay yugurib yeladi. Şundan-da, turli yumuşlarni öz örnida hal etişga vaqt topa olmaydi.
1940 yil Namangan şahrida tuğilgan Mahmudjon Mirzaboyev, 1943 yilda tuğilgan Rayxona Usmonova bilan şarʼiy nikohdan ötib, hayot keçirişayotgan edi. Lekin, har ikki fuqaroning ham qonuniy nikohdan ötiş xayollariga ham kelmagandi. Mana oradan 55 yil vaqt ötib, Namangan şahar 2-sonli FHDYOda ularning nikohlari rasmiylaştirildi.
Bolalarning dardu-taşvişlari bilan andarmon bölib, nikoh guvohnomasini oliş xayoldan ham kötarilgan ekan. Töyimizga köp vaqt bölgan bölsada, guvohnoma oliş uçun vaqt ajratmaganimizni qarang. Hozir nevara, çevaralik bölganimizda birinçi marta nikohni qayd etganimiz 80 yoşli yubiley töyimga ajoyib sovğa böldi deydi,- Mahmudjon ota Mirzaboyev.
Ha, hayotda turli taşvişlar bilan öralaşib, hujjjat işlarini öz vaqtida bitirmay, oradan yillar ötgaç, nikoh guvohnomasini olgan fuqarolar hozirda köpçilikni taşkil etadi. Ulardan yana biri Namangan şahrida istiqomat qilayotgan 59 yoşlik Pak Gerontiy hamda Pop tumani fuqarosi 55 yoşni qarşilagan Dinara Abdurahmonovnalardir. Ular ham 30 yildan ortiq vaqt mobaynida nikoh guvohnomasiz yaşagan.
Bu xaqida DXA Namangan viloyat boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda











