«Sen bölmasang boşqasi» – Rossiyada Instagramning analogi yaratildi

«Sen bölmasang boşqasi» – Rossiyada Instagramning analogi yaratildi

Rossiyada «Rossgram»  yangi ijtimoiy tarmoği eʼlon qilindi, u Rossiyada bloklangan «Instagram» ijtimoiy tarmoğining analogi deb ataladi. «Rossgram» muallifi tadbirkor Aleksandr Zobov bölib, u «VKontakte»  va «Telegram» yaratuvçisi Pavel Durov bilan bir kursda öqiganini taʼkidlaydi.

«Android va iOS uçun odatiy funktsionallik va mobil ilovalarga ega «Instagram» ning rusça analogi 2022 yil 28 martdan işga tuşiriladi. Aksariyat foydalanuvçilar uçun 2022 yilning aprel oyidan oçiladi», – deyiladi «Rossgram»  veb-saytida.

Eslatib ötamiz, duşanba kuni Rossiyada «Instagram»  ijtimoiy tarmoği bloklanişni boşladi, biroq köpçilik VPN xizmatlaridan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqdan foydalanişni davom ettirişga qaror qilişdi.

Rossiyada 20 ga yaqin maşhur VPN xizmatlari bloklangan, jumladan Hola! VPN, ExpressVPN, KeepSolid VPN Unlimited, Nord VPN, Speedify VPN i IPVanish VPN va boşqalar.

×