Nahotki?! Filippin prezidenti fuqarolarga poraxör amaldorlarni öqqa tutişga ruxsat berdi

Nahotki?! Filippin prezidenti fuqarolarga poraxör amaldorlarni öqqa tutişga ruxsat berdi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte fuqarolarga pora talab qiladigan amaldorlarni öqqa tutişga ruxsat berdi. Şu bilan birga ularni öldirib qöymaslikni söradi.

RIA Novostining yozişiça, bu haqda mamlakatning Manila Bulletin gazetasi xabar tarqatgan.

Duterte keyinçalik qamoqqa tuşmaslik uçun poraxörlarning oyoğiga qarata öq uzişni taklif qilgan.

“Agar siz soliq, yiğim, bojxona tölovlari va hokazolarni tölab borsangiz, bu ahmoqlar esa pora talab qilsa, ularga muşt tuşiring. Qurolingiz bölsa, ularni otişingiz mumkin, lekin öldirib qöymang. Çunki sud jarayonida afv qilinmasligingiz mumkin”, - deya maʼlum qilgan Filippin yetakçisi.

Duterte qonunni buzgan amaldorni otgan har qanday kişiga nisbatan faqat jiddiy jismoniy jazo qöllanişini aytgan. 

Prezidentning fikriga köra, korruptsiya mamlakatda keng tarqalgan muammoga aylangan. “Bu hukumatdagi deyarli har bir kişining içida ötirgan qurt”, - degan öz çiqişida.

Prezident fuqarolarni öz huquqlarini himoya qilişga va amaldorlar iştirokidagi har qanday korruptsiya yoki qonunbuzarlikni xabar qilişga çaqirgan.

×