Sanʼatkor har qanday holatda ham ortiqça his-hayajonga berilmay, vaziyatni töğri baholay olişi, sahnada, muxlislar bilan muloqot jarayonida ularga nisbatan samimiy munosabatda bölib, hurmatini joyiga qöyişi şart. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning kontsertda muxlislariga qilgan muomalasini qoralab çiqdi.
Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokamalarga sabab bölayotgan Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning kontsert dasturidan yozib olingan videolavha yuzasidan quyidagiça munosabat bildirdi:
“Xalqlar döstligi” sanʼat saroyida bölib ötayotgan kontsertning 12 mart kunidagi dasturida texnik nosozlik tufayli sahna pardasi tölaligiça oçilmay qolgan va bunga tomoşabinlar eʼtiroz bildirgan. Xususan, ulardan biri qöpol ohangda baqirgan. Natijada Yulduz Usmonova buni haqorat deb tuşungan va emotsiyaga berilib ketib, kontsertga taşrif buyurgan tomoşabinlarga nisbatan qöpol munosabatda bölgan.
Şuni qatʼiy taʼkidlaymizki, sanʼatkor har qanday holatda ham ortiqça his-hayajonga berilmay, vaziyatni töğri baholay olişi, özini tuta bilişi, muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya qilişi, ayniqsa, sahnada, muxlislar bilan muloqot jarayonida ularga nisbatan samimiy munosabatda bölib, hurmatini joyiga qöyişi şart. Bu uning maʼnaviy burçi hisoblanadi. Madaniyat vazirligi uşbu tartib-qoidalarga zid ravişda qilingan xatti-harakatlarni heç qaçon yoqlamaydi va keskin qoralaydi.
Albatta, kontsert-tomoşa jarayonlarida tomoşabinlar çekiga tuşadigan masʼuliyat ham borki, yurtdoşlarimiz masalaning uşbu jihatiga ham eʼtibor qaratişlari zarur. Yaʼni, sanʼatkordan madaniyat talab qiladigan, unga eʼtiroz bildiradigan jamiyat, ayni paytda, jamoat joyida özini tutişni bilmaydigan, etika qoidalarini qöpol ravişda buzib, ommaning madaniy hordiq olişiga, kayfiyatiga salbiy taʼsir ötkazadigan va xalaqit qiladigan tomoşabinlarni tartibga çaqirib, kerak bölsa, ularga tanbeh berişi ham lozim. Şunda hammasi adolatdan böladi.
Biz ilm-maʼrifatda buyuk tarix yaratib, yuksak madaniyatimiz va maʼnaviyatimiz bilan dunyo ahli hurmatiga sazovor bölib kelayotgan xalqmiz. Har birimiz mana şu masʼuliyatni bir zum ham unutmasligimiz şart. Ana şunda ösib kelayotgan yoş avlodga ham yaxşi fazilatlarimiz bilan ibrat bölamiz”.
Eslatib ötamiz, Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova kontsertida quyidagi gaplarni aytib, muxlislarga öşqirgan edi:
“Qilayotgan [tölayotgan] pulingizga 10 baravarini olyapsiz. Ayollar iltimos qilaman, bunaqa böladigan bölsa, hozir mana şu yerda törttani aytib, berkitaman, ketaveraman. Özlaringni bilib ötiringlar, uzoq-yaqindan kelganlar. Boşqa kontsertda qilasan unaqa narsalaringni. Jim ötiramiz! Çiroqni ber (texnik xodimlarga qarab – tahr.) hamma baqirayotganlarning başarasini köray. Ber çiroqni zalga! Qani, zalni yoq! Özlaringni bilib ötiringlar. Boşqa joyda qilasizlar... Qani endi turib gapiring, kim edi baqirayotgan, çiqing buyoqqa. Körsata olasizmi yuzingizni? Buyoqqa keling siz, baqirayotgan. Turib keling-çi buyoqqa. Nima deyapsiz? Parda bölayotgan bölsa, mana bu saroyga qarayotgan Mansurjon boşçiligida... Juda gumbura-qasr qilib, kötar pardangni. Nima qilasan yarmiga osib qöyib? Parda bölsa menda emas-ku ayb. Halaqit qilyapsizlar kontsertni davom ettirişga. Aşula aytaymi, zalga baqiraymi, gapiraymi? Kuniga ikkitadan seans bölyapti. Kontsert dedinglar, qöşimça beryapmiz. Pol lantani ham mendan talab qilasanmi endi?”









