Xabaringiz bor, keça, 4 may kuni ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmenti Yulduz Usmonovaning Içki işlar xodimlarini tanqid qilib, haqoratlagani ortidan “portladi”.
Usmonovaning videosi böyiça Madaniyat va Içki işlar vazirliklari öz munosabatini bildirdi. IIV holat böyiça suriştiruv boşlanganini maʼlum qildi.
QALAMPIR.UZ Usmonovaning haqoratli videosi böyiça IIV Matbuot kotibi Şohruh Ğiyosov bilan suhbatlaşdi. Suhbat davomida Ğiyosov Yulduz Usmonovaning haqoratlarini oğir qabul qilganlar oz emasligini va endi uning özini yana içki işlar xodimlari qöriqlaşiga töğri kelişi mumkinligini aytib ötdi.
“Hozir şunaqa bölişi mumkinki, Usmonovani özining gapidan özini himoya qilişimizga töğri keladi. Ayrim odamlar bu gaplarga çidolmasa qasd qilmoqçi bölişi ham mumkin. Şunday vaziyatda begona odam unga zarar yetkazib qöymasin deb, yana uni qöriqlaşga töğri keladi”, deydi Şohruh Ğiyosov.

Eslatib ötamiz, Usmonova internetni portlatgan videosida Içki işlar organlari xodimini nomardlikda ayblagan. U uyi oldida töplangan xayriyani manziliga yetkaziş uçun YPX xodimidan yordam söraganini, u bilan kelişgan xodim esa kelmaganini aytib, içki işlar xodimlarini haqoratli sözlari bilan “savalagan”.









