Internet saytlarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Özbekistonda xizmat körsatgan artist Avazbek Olimov haqidagi videoga aniqlik kiritildi.
“Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda “Özbekkontsert” DM sanʼatkor Avazbek Olimovdan tarqalgan video yuzasidan izoh söradi. A.Olimov haqiqatdan ham xunuk holat sodir bölganini tan oldi. Yöl qöygan xatosini inkor etmasdan, öz tuşuntiriş xatida bu holatlar boşqa takrorlanmasligi vaʼda berdi”, deb xabar berdi Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati.
Vazirlik izohida aytilişiça A.Olimovga qayerda, qay holatda bölişidan qatʼiy nazar, özini madaniyat sohasi vakiliga munosib tutişi lozimligi uqtirilgan.









