Antimonopol qömita «aravakaşlar masalasi»da rasmiy munosabat bildirdi

Antimonopol qömita «aravakaşlar masalasi»da rasmiy munosabat bildirdi

Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda «Antimonopolçilar Toşkent bozorlaridagi aravakaşlar faoliyatini tartibga solmoqçi» mazmunidagi postlar tarqaldi. Holat yuzasidan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi quyidagilarni maʼlum qildi.

«Tarqalgan videotasvirdagi holat Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining joriy yil 7 mart kunidagi 58-sessiyasida bölib ötgan.

Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining deputatlaridan biri joriy yil 25 fevral kuni Toşkent şahar Xalq deputatlari kengaşining 57-sessiyasida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkent şahar hududiy boşqarmasiga Toşkent şahri bozorlaridagi arava xizmatlari va körsatilgan xizmat uçun xaq oliş yuzasidan masalani örganiş topşirilgan. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkent şahar hududiy boşqarmasi boşliği J.Turobov mazkur masalani örganib, tasvirlarda körsatilganidek hisobot bergan.

Bundan taşqari bozorlarda isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş va ularga qulayliklar yaratiş maqsadida bozorlar maʼmuriyatlari tomonidan aravalarni ijaraga beriş vazifalarini takomillaştiriş yuzasidan u öz fikrlarini bildirgan.

Maʼlumot örnida, Respublikamiz bozorlarida savdo faoliyatini taşkil etiş va xizmatlar körsatiş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini taşkil etiş» qoidalariga muvofiq amalga oşiriladi. Mazkur qoidaga muvofiq bozorni boşqariş bozor maʼmuriyati tomonidan amalga oşiriladi, unga uşbu Qoidalar va boşqa qonun hujjatlari talablariga rioya qiliş uçun javobgarlik yuklangan.

Qömita tomonidan aravakaşlar faoliyatini tartibga soliş va örganiş ötkaziş rejalaştirilmagan», deyiladi rasmiy munosabatda.

×