«Siyosatni tuşunmaydigan hokim yoki tarmoq rahbarining işlaşga haqqi yöq» — Prezident

«Siyosatni tuşunmaydigan hokim yoki tarmoq rahbarining işlaşga haqqi yöq» — Prezident

Prezident raisligida 11 mart kuni sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor boşlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

«Bugungi özgaruvçan şaroitda iqtisodiyotimizni barqaror ösişini taʼminlaşning eng samarali yöli — içki imkoniyatlarni işga soliş, yaʼni import bölayotgan tayyor mahsulotlarni özimizda işlab çiqariş va mahalliy sanoatni yanada rivojlantirişdan iborat. Bu milliy iqtisodiyotimizning ustuvor yönalişi bölişi kerak.

Buni öylamagan, atrofdagi vaziyatdan bexabar, siyosatni tuşunmaydigan hokim yoki tarmoq rahbarining işlaşga haqqi yöq», — degan davlat rahbari yiğilişda.

Majlisda 37 trillion sömlik yangi mahsulot işlab çiqariş böyiça 2022–2023 yillar uçun 2,5 mingta loyihani işga tuşiriş böyiça qabul qilingan dasturning aniq ijrosini söraş vaqti kelgani qayd etilgan.

Prezident köp tarmoq va hudud rahbarlari bu masalada hali dunyoqaraşini özgartirmagani, hozirgi vaziyatdan xulosa çiqarmayotganini tanqid qilgan.

×