Kurgan viloyati huquq-tartibot idoralari Özbekiston Respublikasida tuğilgan fuqaroni terrorizmni tarğib qilgani uçun Rossiya fuqaroligidan mahrum qildi. U “VKontakte” ijtimoiy tarmoğida Rossiyada taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida iştirok etişga çaqiruvçi video va audiolarni joylaştirgan. Bu haqda bugun, 11 mart kuni viloyat Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Özbekiston Respublikasi fuqarosi 2017 yilda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olgan. Keyinçalik u Kurgan şahrida Islom dinining radikal mafkurasi tarafdori bölib, terrorçi deb tan olingan va Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan “Islom davlati” xalqaro terrorçilik taşkiloti aʼzolarining fikrlari bilan örtoqlaşar ekan, video va audio yozuvlarni eʼlon qilgan. "VKontakte" ijtimoiy tarmoğida terrorizmni tarğib qiliş belgilari, şuningdek, Rossiyada taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida iştirok etişga va ularning faoliyatini oqlaşga çaqiriqlar mavjud.
Rossiya Içki işlar vazirligining Kurgan viloyati boşqarmasi xulosasiga köra, uni Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qiliş töğrisidagi qaror "Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi töğrisida" Federal qonunining 22-moddasi 2-qismi asosida bekor qilindi. Rossiya Federatsiyasi fuqarosining pasporti olib qöyildi. U Rossiya hududidan çiqib ketişi kerak”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, avvalroq erkak Rossiya Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi – Terrorçilik faoliyatiga ommaviy çaqiriqlar, terrorizmni omma oldida oqlaş yoki terrorizmni taşviqot qiliş – 2-qismi böyiça aybdor deb topilgan. U 300 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan.









