Dam oliş kunlari qanday ob-havo kuzatilişi maʼlum böldi

Dam oliş kunlari qanday ob-havo kuzatilişi maʼlum böldi

Bugun, 11 mart kuni kuni va dam oliş kunlari Özbekiston hududi böyiça beqaror ob-havo bölişi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Respublika hududining kattta qismida yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli böladi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Faqat Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatida yomğir faqat ayrim hududlarda yoğadi.

Respublikaning toğli hududlarida yoğingarçilik, yomğir va qor körinişida, baʼzi joylarda kuçli böladi. Respublika böyiça baʼzi joylarda şamol 17-22 m/s gaça kuçayadi, momaqaldiroq paytida şamol tezligi 25-28 m/s ga yetişi mumkin.

Havo harorati 17-20° iliqdan 13-16° iliqqaça asta-sekin kötariladi.

Toğoldi va toğli hududlarda sel kelişi, toğlarda qor köçişi xavfi bor.

Respublika hududi böyiça va keyingi haftaning birinçi yarmida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğişi kuzatiladigan beqaror ob-havo saqlanib turadi.

Bunday ob-havo atmosferada juda faol janubiy frontal zonalarni mavjudligi hisobiga, respublika hududiga doimiy ravişda nam bulutli massivlar kirib kelişini hosil qiladi.

Ötgan yilning mart oyida ham Özbekistonda tez-tez yomğir yoğişi bilan ob-havoning huddi şunday holati kuzatilgan. Masalan, Toşkentda yomğirli kunlar soni 21 kunni taşkil etgan.

×