Keça, 27 sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida tanqidiy videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda ayrim hokimlar va taşkilot rahbarlari işdan olinib, yana ayrimlariga boşqa intizomiy jazolar berildi.
Jumladan, Sardor Umurzoqov Prezident qarori asosida davlat xizmatçisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, ötkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yöl qöygani va faoliyatidagi boşqa kamçiliklari uçun Andijon tumani hokimi A.Egamberdiyevni egallab turgan lavozimidan ozod etilganini bildirdi.
– Andijon tumani hokimi Egamberdiyev janobi oliylari, selektorda ayvonda ötirmayapsizmi? Özingizni bunday tutişingiz bilan butun dunyoga şarmanda böldik. Masofani saqlaşni bahona qildinglar. Unda nega sektor rahbarlari yoningizda edi?! Fuqarolarga nisbatan hurmatsizlik, dimoğdorlik, kibr-havo... bu nima degan gap?!
Siz butun davlat tizimini obrösizlantirdingiz...
Şuning uçun siz bugun davlat rahbarining qarori bilan, birinçidan, egallab turgan lavozimingizdan ozod etildingiz. Ikkinçidan esa sizning bu xatti-harakatingizga huquqiy baho beriladi. Çiqib keting zaldan! – dedi Administratsiya rahbari.
Şuningdek, rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan çetga çiqib qonunbuziliş holatlariga yöl qöygani uçun Asaka, Paxtaobod va Farğona tumanlari hokimlari ham işdan olingan.
Yiğilişda Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi ham işdan olinib, uning yangi hokimlik vazifasiga kelganiga qaramay, özini töralarça tutgani hamda joriy yil 23 avgust kuni berilgan vazifalarni öz vaqtida bajarilmaganini rökaç qilib, tuman hokimligi Devonxona bölimi mutaxassisiga jismoniy kuç işlatgani aytildi.
– Kim sizga ruxsat berdi?! Özingizga, viloyatingizga va butun davlat tizimiga isnod keltirdingiz! Har bir aytgan haqoratomuz gaplaringizning audiolari turibdi. Açinarlisi, hurmatli Prezidentimiz ham şularni eşitib juda ham qattiq ranjidilar. Davlatimiz rahbari qaror qabul qildilar: siz hokimlik darajasiga munosib emassiz! Zaldan çiqib keting! Guvohnomasini olib qöyinglar! – degan Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov.
Videoselektor yiğilişida, şuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovning öz faoliyatini davlat siyosati va amalga oşirilayotgan islohotlarga mos ravişda taşkil etmagani, hokimlarga qöyiladigan talablarga rioya etmasdan majlis qatnaşçilarini haqorat qilganligi hamda bu bilan keng jamoatçilikning noroziligiga sabab bölgani aytilib, unga nisbatan oylik maoşining 40 foizi miqdorida jarima jazosi tayinlani aytildi.
«Özbekçorvanasl» agentligi direktori B.Atamuradov ham Prezident qarori bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani aytildi.
Manba: Xabar.Uz









