Budapeşt şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida prezident Şavkat Mirziyoyev va Vengriya boş vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Şuningdek, yetakçilar huzurida qabul qilingan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar almaşildi.

Jumladan, Ekstraditsiya töğrisidagi şartnoma, Iqlim özgarişi sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim, tabiiy ofatlarni boşqariş, ilm-fan va innovatsiyalar, tinç atom sohasida hamkorlik töğrisidagi idoralararo kelişuvlar almaşilgan.









