Farğona viloyatida öqituvçiga qöpol munosabatda bölgan Yöl patrul xizmati inspektori öz lavozimidan ozod etildi.
2020 yilning 11 yanvar kuni Farğona viloyati, Farğona tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabining çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik rahbari I.Umarov maktabning yuqori sinf öquvçilarini harbiy poligonda bölib ötayotgan “Oçiq eşiklar kuni”da iştirok etiş uçun olib bormoqçi böladi. “Oq-bilol” qişloği hududida avtomobillar harakatini nazorat qilgan YPX inspektori I.Odilov öquvçilar ketayotgan Isuzu avtobusini töxtatib, tadbir sababli yöl yopilganligini taʼkidlaydi.
Şunda öqituvçi I.Umarov: “Menda ruxsatnoma bor, ötişim kerak”, deb zarur hujjatni körsatgan. Lekin YPX inspektori öqituvçini haqorat qilib, kamsitib, huquqlarini buzgan.
“Xalq taʼlimi Vazirining Nazorat-huquqiy Xizmati tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning şaʼni, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qiliş maqsadida Farğona tuman prokuraturasiga murojaat etilib, ijtimoiy tarmoqlardagi holat va öqituvçi I.Umarovning arizasi yuzasidan tekşiriş ötkazildi”, deyiladi Xalq taʼlimi vazirligining matbuot xizmati bergan xabarda.
Natijada noqonuniy harakatlar sodir etgan IIB YHXB YPX 1-otryad 3-safarbarlik guruhi yöl-patrul xizmati inspektori safdor I.Odilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Sarvar Anvar öğli









