Coca-Cola Rossiya bozorlarini tark etmoqda

Coca-Cola Rossiya bozorlarini tark etmoqda

Coca-Cola kompaniyasi Ukrainada bölayotgan voqealar fonida Rossiyadagi biznesini töxtatişga qaror qildi.

Kompaniyaning press-relizida heç qanday tafsilotlar keltirilmagan. Coca-Cola kompaniyasiga tegişli zavodlar yopiladimi yoki kompaniya faqat Rossiyada içimliklar sotişni rasman töxtatadimi, hozirça aniq emas.

Coca-Cola içimliklar rasmiy ravişda Şimoliy Koreya va Kubadan taşqari dunyoning barça mamlakatlarida sotiladi.

PepsiCo. ham Rossiyadagi faoliyatini töxtatganini eʼlon qildi. Kompaniya özining gazlangan içimliklarini Rossiyada sotişni töxtatmoqda, ammo sut, çaqaloqlar va bolalar ovqatlari kabi zarur mahsulotlarni sotişda davom etadi.

Rossiya bozorini yana bir gigant kompaniya McDonald's vaqtinça tark etmoqda va barça restoranlarini yopmoqda. Kompaniya uşbu qaror mahalliy xodimlar va hamkorlarga qanday taʼsir körsatişini tuşunib, ularni, xususan, maoşlarni tölaşni davom ettiriş orqali qöllab-quvvatlaydi, degan McDonald's korporatsiyasi boş direktori Kris Kempçinskining bayonotida.

Rossiyada McDonald's’ning 850 ta tez ovqatlaniş restorani, 62 ming xodimi hamda yuzlab mahalliy yetkazib beruvçi va hamkorlari bor.

×