Coca-Cola savdosi korruptsiya ehtimoli sabab töxtatilişi mumkin

Coca-Cola savdosi korruptsiya ehtimoli sabab töxtatilişi mumkin

«Koka-kola içimligi» korxonasini xususiylaştiriş jarayonlari yuzasidan taqdimnoma kiritildi. Bu haqdaÖzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Özbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga köplab tadbirkorlar va fuqarolar, şuningdek ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan «Coca-Cola ichimligi Uzbekiston, Ltd» MÇJ (CCIU) ustav fondining 57,118 foizga teng davlat uluşi sotuvga qöyilişi jarayonlari amaldagi qonunçilik va tartiblarga zid ravişda ötkazilayotganligi töğrisida murojaatlar kelib tuşmoqda.

Murojaatlarni örganiş jarayonida Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MÇJ (CCIU) ustav fondidagi davlat uluşini xususiylaştiriş böyiça olib borilayotgan çora-tadbirlarning amaldagi qonunçilik normalariga muvofiqligi va korruptsiya xatari mavjudligi tahlil qilindi.

Maʼlum bölişiça, 2020 yil 16 dekabr kuni Davlat aktivlarini boşqariş agentligining rasmiy veb-saytida Özbekistonda alkogolsiz içimlik işlab çiqaruvçi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MÇJ (CCIU)ning 57,118 foizlik davlat uluşi sotuvga qöyilişi eʼlon qilingan. 

Eʼlonda tenderda iştirokçilarni saralaş va ğolibni tanlaş jarayonida bir neçta mezonlar qöllanilişi bayon qilingan.

Örganişlar şuni körsatmoqdaki, «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MÇJ (CCIU) ustav fondidagi davlat uluşini sotiş böyiça ötkazilayotgan tender şartlariga kiritilgan bir qator talablar savdolarda qatnaşa oladigan şaxslar doirasini keskin kisqartirişga hamda qator korruptsion omillarni keltirib çiqarişga şaroit yaratadi.

Agentlik fikriça, uşbu mezonlar öta yuqori va asoslantirilmagan talablar hisoblanadi va savdolarda iştirok etişi mumkin bölgan ehtimoliy iştirokçilar sonini sunʼiy çeklaşga olib keladi.

Ehtimoliy iştirokçilar sonini keskin çeklaş tender şartlarini bajara oluvçi kam sonli iştirokçilar örtasida haqiqiy raqobat bölmasligiga va natijada davlat uluşiga past narx taklif etilişiga hamda buning oqibatida Özbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga sezilarli darajada zarar yetkazilişiga olib kelişi mumkin.

Şu munosabat bilan, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan tegişli idoralarga quyidagi çoralarni amalga oşiriş maqsadga muvofiqligi yuzasidan taqdimnoma kiritildi:

  1. Davlat mulkini sotişda tender savdolarini ötkaziş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan yetarli raqobatga imkoniyat mavjud emasligi sababli mazkur tender jarayonlarini töxtatiş;
  2. Tender savdolarida iştirok etişga köproq talabgorlarni jalb qiliş hamda teng imkoniyat va şaroitlar yaratiş maqsadida xalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatçilarning xulosalari asosida tender şartlarini yumşatiş böyiça işlarni olib boriş. 
×