Coca-Cola Hellenic Bottling Company (Coca-Cola HBC) Rossiya hududida Coca-Cola Company brendlari ostida işlab çiqariş va sotişni töxtatadi. Bu haqda Reuters rasmiy bayonotga asoslanib xabar berdi.
«Kompaniya zaxiralari tugaşi bilan, Coca-Cola HBC Rossiya hududida Coca-Cola hamda Coca-Cola Company boşqa brendlari ostida işlab çiqariş va sotişni töxtatadi», — deyiladi xabarda.
Kompaniya Rossiyada Coca-Cola, Sprite, Fanta, Schweppes, Powerade, Bonaqua, Fuzetea, Adez, Pulpy, Innocent, Rich, «Moya semya» va «Dobriy» brendlari ostida mahsulot işlab çiqariş bilan şuğullangan.









