Samarqandda 100 ming dollarlik tanlovning navbatdagi taqdimoti bölib ötdi (Foto)

Samarqandda 100 ming dollarlik tanlovning navbatdagi taqdimoti bölib ötdi (Foto)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining Samarqand viloyati hududiy boşqarmasi hamda IT Park Samarqand filiali hamkorligida oliygoh talabalari uçun «mGovAward» mobil ilovalarni yaratiş böyiça respublika tanlovi doirasida tarğibot tadbiri bölib ötdi.

Uşbu tanlovning maqsadi – talabalar va öquvçilarni davlat mobil ilovalarini yaratişga qiziqtiriş, yangi va kerakli mobil ilovalarni işlab çiqiş va eng yaxşi loyihalarni moliyaviy rağbatlantirişdan iborat.

BAA hukumati bilan erişilgan kelişuvlar bajarilişi bilan boğliq taşkiliy masalalarni samarali hal etilişini taʼminlaş maqsadida mukofot jamğarmasi 100 ming AQŞ dollarini taşkil etadigan «mGovAward» tanlovining ikkinçi bosqiçi eʼlon qilingan edi.

Uşbu tadbirning navbatdagi taqdimoti 2022 yil 1 mart kuni «Yoşlar markazi» Samarqand filialida ötkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi va vazifalari haqida iştirok etiş istagini bildirgan yoşlarga atrofliça tuşuntirişlar berildi.

Tanlovga arizalar qabul qiliş jarayoni 31 martga qadar davom etadi.

×