Yangi yil mavsumida pirotexnika mahsulotlaridan foydalaniş natijasida Özbekistonda 120 dan ortiq odamlar pirotexnikadan kuyiş jarohatini olgan, ularning 80 foizi voyaga yetmaganlar. Bundan taşqari 6 ta uyda yonğin sodir bölgan. Bu haqda IIV matbuot kotibi Şoxrux Ğiyosov fuqarolarga murojaatida maʼlum qildi, deb yozadi "gazeta.uz".
Unga köra, mamlakat böylab 12 mlndan ziyod pirotexnika mahsulotlari musodara qilindi, 258 kişi maʼmuriy va 17 kişi jinoiy javobgarlikka tortildi. Yana 1048 ta fakt böyiça hujjatlar sud va boşqa organlarga qonuniy çoralar köriş uçun yuborilgan.
2010 yil 22 sentyabrdagi qonun bilan mamlakatda pirotexnika vositalarini noqonuniy işlab çiqariş, tayyorlaş, saqlaş, taşiş, jönatiş, işlatiş, şuningdek noqonuniy olib kiriş, eksport qiliş yoki sotiş uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik joriy etilgan.









