Özbekistonda ketma-ket uçinçi kun zilzila qayd etildi

Özbekistonda ketma-ket uçinçi kun zilzila qayd etildi

Afğonistonda sodir bölgan yer silkinişi Özbekistonning 9 ta hududida sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bugun, 28 avgust kuni Toşkent vaqti bilan soat 09:35 da (Grinviç böyiça 04:35 da) Afğonistonda zilzila sodir böldi. Zilzila koordinatalari: 36,47 gradus şimoliy kenglik, 70,15 gradus şarqiy uzunlik. Magnituda 5,4, silkiniş çuqurligi 200 km. Zilzila epimarkazi Toşkentdan 539 km janubiy-şarqda.

Özbekiston Respublikasi hududida seziliş kuçi:

  • Surxondaryo viloyatida 3 ball, 269 km.
  • Samarqand viloyatida 2-3 ball, 451 km.
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 454 km.
  • Farğona viloyatida 2-3 ball, 457 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 463 km.
  • Qaşqadaryo viloyatida 2-3 ball, 466 km.
  • Andijon viloyatida 2 ball, 516 km.
  • Namangan viloyatida 2 ball, 521 km.
  • Toşkent şahrida 2 ball, 539 km.

Eslatib ötamiz, keça, 27 avgust kuni Andijonda, 26 avgust kuni esa Jizzaxda zilzila sodir bölgandi.


Teglar:
×