AQŞ NATOning egizagini yaratmoqçi – Xitoy TIV

AQŞ NATOning egizagini yaratmoqçi – Xitoy TIV

Amerika Qöşma Ştatlarining Hind-Tinç okeani strategiyasining asl maqsadi Şimoliy Atlantika şartnomasi taşkiloti (NATO)ning mintaqaviy versiyasini yaratişga urinişdir. Bu haqda Xitoy Taşqi işlar vaziri Van I maʼlum qildi.

“Hind-Tinç okeani strategiyasining asl maqsadi NATOning Hind-Tinç okeani versiyasini yaratişga harakat qilişdir”, deydi u.

Vazirning taʼkidlaşiça, strategiya Qöşma Ştatlar ustunlik qiladigan gegemon tizimni saqlaşga qaratilgan. Bu ASEAN doirasidagi özaro hamkorlikka asoslangan mintaqaviy hamkorlik tuzilmasiga zarba beradi hamda mintaqaning uzoq muddatli manfaatlariga putur yetkazadi. 

“Tinçlik, taraqqiyot, hamkorlik va özaro manfaatli natijalarga intilayotgan mintaqa davlatlarining umumiy qaraşlariga zid bölgan strategiyaning istiqboli yöq”, deya qöşimça qilgan u.

Xitoy TIV rahbari Osiyo-Tinç okeani mintaqasi geosiyosiy qarama-qarşilik uçun “şaxmat taxtasi” emas, balki hamkorlik uçun hudud ekanligini ham alohida qayd etgan. 

“Xitoy doimo Osiyo-Tinç okeani mintaqasining rivojlanişiga kömaklaşgan va undan foyda körgan. Biz mintaqadagi işlarning haqiqiy holatiga mos keladigan, har bir tomonning talablarini qondiradigan hamda mintaqaviy qarama-qarşilikka undaş, qarama-qarşilik lagerlari yaratişga keskin qarşi bölgan taşabbuslarni olqişlaymiz”, deydi Van I.

×