Ukraina şarqida joylaşgan rossiyaparast ayirmaçilar nazoratidagi özini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi kuçlari mamlakatning şu nomdagi viloyatini deyarli töliq egallab oldi. LXR rahbari Leonid Paseçnikning sözlariga köra, LXR kuçlari qolgan aholi punktlarini qurşab olgan.
“LXRning deyarli barça hududi, uning katta qismi ozod qilindi. Hozirda harbiylar Severodonetsk, Rubejnoye, Lisiçansk hudularini qurşab olişgan. Ular ham deyarli egallab olingan”, deya iddao qilgan Paseçnik.
LXR rahbariga köra, Severodonetsk, Rubejnoye, Lisiçansk hamda Popasnaya uçun kuçli qurolli töqnaşuvlar ketmoqda. Uning taʼkidlaşiça, operatsiya reja böyiça olib borilmoqda, biroq şaharlarni ukrain tuzilmalardan tozalaş hali töliq amalga oşirilmagan.
Paseçnikning sözlariga köra, ayni damda respublikada vaziyat nisbatan barqaror, barça korxonalar normal işlamoqda.









