Amerika Qöşma Ştatlari tomonidan xavfli terrorçi sifatida qidiruvga berilgan, “Tolibon” tomonidan tuzilgan Afğoniston hukumati Içki işlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy ilk bor Qobulda omma oldida çiqiş qildi. Bu haqda Afğonistonning “1TV” telekanali xabar bergan.
U Afğoniston Içki işlar vazirligi nazorati ostidagi Afğoniston politsiya akademiyasi kursantlariga diplom topşiriş marosimida iştirok etgan. Haqqoniy öz nutqi davomida Afğonistondan qoçgan fuqarolarni öz vatanlariga qaytişga çaqirar ekan, “Tolibon” tomonidan qabul qilingan amnistiyadan söng ularning Afğonistondagi şaxsiy xavfsizligi va mulkiga heç narsa tahdid solmasligiga işontirgan.
Mamlakatda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan söng, Haqqoniy turli viloyatlarda mahalliy rasmiylar bilan uçraşuvlar ötkazgan va vazirlikda xorijiy davlatlar vakillarini qabul qilgan.
Haqqoniy Afğonistonda, asosan Qobulda köplab teraktlar uyuştirgani bilan tanilgan “Tolibon”ga aloqador “Haqqoniy tarmoği”ning yetakçisi.
AQŞ Davlat departamenti uni öta xavfli xalqaro terrorçi deb tan olgan va uning qayerda ekanligi haqidagi maʼlumot uçun 10 million dollar mukofot taklif qilgan.
2007 yilda Haqqoniy ekstremistik faoliyati, “Al-Qoida” terrorçilik tarmoği va xalqaro terrorçi Usama bin Laden bilan aloqasi uçun BMT sanktsiyalari röyxatiga kiritilgan.
Joriy yilning fevral oyida Haqqoniy AQŞ tuzgan terrorçilar röyxatida öz ismining borligi butun afğon xalqi uçun zarar ekanini aytgan edi.









