Umra safariga ketgan ikki nafar özbekistonlik Saudiyadan deport qilindi

Umra safariga ketgan ikki nafar özbekistonlik Saudiyadan deport qilindi

Bundan uç yil avval Qirğiziston Respublikasining qalbaki pasporti bilan Umra safariga borgan ikki Özbekiston fuqarosi bu safar özbekistonlik Umra ziyoratçilari qatorida Saudiya Arabistoniga borganida, mamlakatdan deport qilindi. Bu haqda Musulmonlar idorasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, joriy Umra mavsumida Madina aeroportida ikki nafar özbekistonlik ziyoratçi Saudiya Arabistoni Çegara xavfsizlik xizmati tomonidan töxtatib qolingan va ularda mamlakatga kirişga taqiq borligi aniqlangan.

Ular 2019 yilda Qirğiziston Respublikasining qalbaki pasporti bilan Umra safariga borgan. Saudiya Arabistonidan çiqiş vaqtida mezbon davlat qonunlarini buzgani uçun ularga nisbatan mamlakat çegara xavfsizlik xizmati tomonidan uşbu davlatga kiriş uçun 10 yil muddatga taqiq qöyilgan. Şu bois, uşbu fuqarolar Saudiya Arabistoniga kiritilmagan. 

Xabarda taʼkidlanişiça, ularni Özbekistonga qaytariş çoralari körilmoqda.

Avvalroq, Musulmonlar idorasi raisi – muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hozirgi kunda dunyo böyiça Umra ziyoratiga boruvçilarning eng köpini özbekistonlik ziyoratçilar taşkil etayotganini aytib, mamlakatda umraçilar soni 10 ming nafarga yetganini taʼkidlagan hamda yana boradiganlar bölsa, şunça örin yaratilişini maʼlum qilgan.

Eslatib ötamiz, ikki yillik tanaffusdan söng “Umra – 2022” mavsumi joriy yilning 22 yanvar kuni boşlangandi.

×