Namanganda voyaga yetmagan bola telefon orqali kelib çiqgan tortuşuv sabab u bilan tortişgan fuqoroni piçoq bilan jaroxatladi. Tergov departamenti holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Namangan viloyati. 2022 yil 26 fevral kuni soat 11-50 larda Namangan şahar Şeroziy köçasida yaşovçi voyaga yetmagan 16 yoşli L.X. Namangan şahar Zirabuloq köçasida joylaşgan uylar oraliğida Yangi Namangan tumanida yaşovçi voyaga yetmagan 16 yoşli A.A. ga “nega mening uyali telefonimga qönğiroq qilib, şaxsiyatimga tegib haqorat qilding”-deb u bilan özaro gap tortişib qolib, qölida bölgan piçoq bilan kökrak qafasi orqa sohasiga 1 marta urib unga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Natijada voyaga yetmagan A.A. olgan oğir tan jarohatlari bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, voyaga yetmagan L.X. gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, protsessual tartibida uşlangan.
Tergov davom etmoqda.
Taʼkidlaş joizki, Jinoyat kodeksining normalariga köra, jinoyatni sodir etgan şaxs 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.









