Rubl xalqaro savdolarda öz qiymatining 41 foizdan köproğini yöqotib, dollar va yevroga nisbatan tarixiy minimal darajaga tuşib ketdi. Bu haqda Xalqaro birjalardan maʼlum böldi.
Duşanba kuni, 28 fevral ertalab dollar kursi 117 rubldan, yevro kursi 132 rubldan oşdi. Ayirboşlaş punktlarida 1 dollar 130 rubldan sotilmoqda.

Foto: Bloomberg
Mamlakatning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Rossiya aktivlari keskin tuşib ketdi.
Duşanba kuni qimmatli qoğozlar narxlari ham pasaydi. Strateglar sanktsiyalar kuçga kirgaç, mintaqa banklariga yangi bosim bölişini aytmoqda.
Rossiya Markaziy banki, agar sanktsiyalar muvaffaqiyatli bölsa, rublni himoya qila olmasligi taʼkidlanmoqda.









