Joriy hafta dam oliş kunlari Özbekistonda sovuq antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, keça, 1 dekabrdan Özbekiston hududiga Ğarbiy Qozoğiston orqali Ural hududlari ustida şakllangan sovuq havo massasi kirib kelgan. Keyingi kunlarda sovuq havoning kirib kelişi respublikaning barça hududlariga tarqaladi.
Bugun, 2 dekabr kuni Özbekiston böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat toğ oldi va toğli hududlarda asosan qor körinişidagi yoğingarçilik böladi. Respublikaning eng janubiy qismining baʼzi joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin.
Sovuq antitsiklon taʼsiri dam oliş kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati keçalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, şimolda keçalari 10-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15-17 daraja sovuqgaça, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuq atrofida böladi.
Respublikaning barça hududlarida kuçsiz şamol bilan quruq ob-havo bölişi kutimloqda.









