Ukraina şarqidagi, rossiyaparast separatistlar tuzgan, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi (DXR) Xalq militsiyasi bölinmalari Donbassdagi Pavlovsk va Pişevik aholi punktlarini nazorat ostiga olgan. Bu haqda respublika Xalq militsiyasi rahbari örinbosari Eduard Basurin maʼlum qildi.
“Mariupol yönalişi böyiça Xalq militsiyasi bölinmalari Pavlovsk va Pişevik aholi punktlari hamda ularga tutaş hududlar va yöllarni nazorat ostiga oldi”, degan u.
Bundan taşqari, Basurinning sözlariga köra, Ukraina Qurolli Kuçlari dengiz bataloni harbiy xizmatçilari Gnutovo va Talakovka aholi punktlari hududlarida öz pozitsiyalarini tark etgan.
“DXR Xalq militsiyasi bölinmalari Ukraina Qurolli Kuçlari tomonidan yölda faol qarşilikka duç kelmasdan, duşman mudofaasiga çuqur kirib borişda davom etmoqda. Volnovaxa yaqinidagi Trudovskoye qişloği hozirgina DXR nazoratiga ötdi”, degan Basurin.
Şu örinda qayd etiş kerakki, Kiyevda Rossiya kuçlariga qarşi janglar davom etmoqda. Ukrain harbiylari rus razvedkaçi-desantçilarini şahardan siqib çiqarmoqda.









