Rossiya Ukraina Milliy gvardiyasining Donbassga hujum haqidagi maxfiy buyruğini eʼlon qildi

Rossiya Ukraina Milliy gvardiyasining Donbassga hujum haqidagi maxfiy buyruğini eʼlon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Milliy gvardiyasi qömondonining joriy yilning 22 yanvarida qabul qilingan va joriy yilning mart oyida Donbassga hujum qilişni nazarda tutuvçi buyruğining asl maxfiy nusxasini eʼlon qildi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov maʼlum qildi.

“Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Milliy gvardiyasi qömondoni, general-polkovnik Nikolay Balanning 2022 yil 22 yanvardagi asl maxfiy buyruğini eʼlon qildi. “Ukraina Qurolli Kuçlari brigadasi tarkibida qöşma kuçlar operatsiyasida jangovar (maxsus) vazifalarni bajariş uçun 4-tezkor brigadaning batalon-taktik guruhini tayyorlaşni taşkil etiş töğrisida”gi buyruq. Hujjat Ukraina Milliy gvardiyasining Şimoliy Kiyev, Janubiy Odessa va Ğarbiy hududiy boşqarmalari rahbarlariga yuborilgan”, degan Konaşenkov.

Generalning taʼkidlaşiça, “hujjatda Ukraina Milliy gvardiyasi qömondonligi topşiriqlarini bajariş uçun masʼul mansabdor şaxslarning asl imzolari bor”.

Uning sözlariga köra, “Ukraina Milliy gvardiyasi qömondonligiga kiritilgan buyruqda, qöşma kuçlarning “Donbass” operatsiyasi deb ataladigan zonada zarbdor guruhlardan birini hujum operatsiyalariga tayyorlaş rejasi batafsil tasvirlangan.

“Hujjat bilan Milliy gvardiyaning 4-tezkor topşiriqlar brigadasi batalon-taktik guruhining taşkiliy va ştat tuzilmasi, uni har tomonlama qöllab-quvvatlaşni taşkil etiş va Ukrainaning 80-alohida havo hujumi brigadasiga biriktiriş tasdiqlangan. 2016 yildan beri Ukraina havo-desant-hujum kuçlarining uşbu tuzilmasi amerikalik va britaniyalik instruktorlar tomonidan Lvovda NATO standartidagi öquv dasturlari böyiça öqitilayotganini alohida taʼkidlamoqçiman”, deya qayd etgan Mudofaa vazirligi rasmiy vakili.

Topşirilgan vazifalar

RF Mudofaa vazirligi vakilininig aytişiga qaraganda, “buyruqqa muvofiq, Milliy gvardiya qömondoni örinbosari zimmasiga 2022 yil 7-28 fevral kunlari Ukraina Qurolli kuçlarining 80-alohida havo hujumi brigadasi tarkibida Milliy gvardiyaning batalon-taktik guruhining jangovar muvofiqlaştirişni taşkil etiş vazifasi yuklatilgan.

“Eʼtiboringizni qaratmoqçiman - 4 banddan iborat beşta paragraf kadrlarni sinçiklab tanlaş, barçasini psixologlar tomonidan tekşiriş va ularning yuqori motivatsiyasini taʼminlaş masalalariga bağişlangan. Buning uçun Milliy gvardiyaçilarga “vizual taşviqot, axborot va tarğibot materiallari, bayroqlar va matbaa mahsulotlari” bilan taʼminlaş topşirilgan”, deydi Konaşenkov.

Unga köra, Milliy gvardiya qömondonining şaxsiy tarkib böyiça örinbosariga “4-tezkor brigadaning batalon-taktik guruhini maʼnaviy-ruhiy jihatdan taʼminlaş, komandirlarning qöl ostidagilar bilan içki aloqasi, xabardor qilişning samarali tizimini taşkil etiş hamda rahbariyat qarorlari va kelgusidagi vazifalarni bajariş muhimligini xodimlarga tuşuntiriş” topşirilgan.

“Buyruqning 12-bandida “xavfga tayyorlik” mezoni böyiça psixologik testlarda “qoniqarsiz” natija körsatgan Milliy gvardiya askarlarini jangovar harakatlarni muvofiqlaştiriş hududi va jangovar maxsus topşiriqlarni bajariş joyiga yuboriş taqiqlanganiga alohida eʼtibor qaratmoqçiman”, deya matndan iqtibos keltirdi general.

Uning taʼkidlaşiça, buyruqqa köra, “Ukrainaning Donbassdagi “Qöşma kuçlari operatsiyasi” doirasidagi jangovar topşiriqlarning bajarilişini taʼminlaş maqsadida 28 fevralgaça kuçlarni jangovar muvofiqlaştiriş böyiça barça çora-tadbirlarni yakunlaş buyurilgan”.

Maʼlumot uçun, Ukrainaning Donbass ölkasi hozirda rossiyaparast separatist kuçlar nazoratga olgan Donetsk va Lugansk viloyatlarining katta qismini öz içiga oladi. Ukraina hukumati hududni rasmiy Kiyevga böysundiriş uçun 2014 yildan keyin bir neçta hujumlarni amalga oşirgan. Ammo Rossiya qöllovidagi tan olinmagan DXR va LXR hamon yaşaşda davom etmoqda

×