ADOLAT BOR EKAN-KU

ADOLAT BOR EKAN-KU

Oqila sud binosining fuqarolar kutiş zalida hayol surib  ötiribdi, qattiq hayajonda. Bundan ikki yil oldin birinçi marta sudga kelgandi. Unda ham hayajolangan edi, lekin bu qadar qattiq hayajonlanmagan edi.

Kuni keça ham sudda ularning turmuş örtoği bilan nikohdan ajratiş masalasi körilganda ham, bu qadar tölqinlanmagan edi. Lekin hozir esa miyasiga kelayotgan öy, hayollardan, farzandini, jigarbandini unda olib qöyişlari mumkin degan fikrdan vahimaga tuşib qolgan edi. Uni huquqlarini sudda himoya qiladigan advokat unga qança taskin bermasin, hayajon va vahimadan butun jismi bezovta, xatto qöllari ham qaltirardi.

Sobiq turmuş örtoği Dilmurod bilan bir-birlarini sevib, sinab 2016 yil oila qurişdi, avvaliga hammasi risoladagidek edi. Lekin oilani tutib turadigan buyuk neʼmat bu farzand ekan. Oz emas, köp emas rosa tört yil kutişdi, lekin xudo ularga farzand bermadi. Bormagan şifokori, körinmagan tabiblari qolmadi, oxiri “tuğmas” degan nom oldi.

Uning turmuş örtoği bilan munosbatlari yaxşi bölsa-da, sekin-sekin asta oiladigilarning unga nisbatan munosabatlari özgara boşladi, aybni özidan deb bilib, oilasini saqlab qoliş uçun turmuş örtoğining, qaynona-qaynotasining, oiladigi kiçigidan kattasigaça hamma-hammasining xizmatini yelib-yugurib qildi.

Turmuş örtoğining farzand asrab oliş haqidagi fikri unga juda ham maʼqul tuşdi. Avvaliga qaynona-qaynotasi qarşilik qilişdi, lekin keyin ular ham farzand asrab olişlariga rozilik berişdi.

Qaynonasi uzoqroq qarindoşi beşinçi farzandiga xomiladorligini, ularning moddiy şaroitlari oğirligini, agar farzand tuğilsa farzandlikka berişga rozi ekanligi haqida gap topib keldi.

Bola ham tuğildi. Bolaning ota-onasi Nodira va Jamollarni rozi qilib, bolani tuğruqxonadan uylariga olib kelib, parvarişlay boşlaşdi. Oqila bolaga öz farzandidek butun mehrini berdi.

Fuqarolik işlari böyiça sudning 2020 yil 25 iyundagi hal qiluv qaroriga asosan 2019 yil 25 dekabrda tuğilgan Diyorbek ularning oilasiga farzandlikka berildi. Öşa vaqtda xursandçilikdan heç qayerga siğmas edi.

Lekin bola boqiş oson iş emas ekan, ayniqsa ona suti bölmasa, bolani sunʼiy ovqatlantirib katta qiliş juda ham oğir ekan. Oqila çaqaloq bilan ovora bölib, baʼzi keçalari umuman uxlamasdan çiqardi. Bolaga qarab, boşqa uy yumuşlari qolib ketar, avvalgidek hammasiga ulgurolmay qoldi. Bu boşqalarga yoqmasdi albatda.

Turmuş örtoği ham özgarib qoldi, u bolaga qandaydir mehr bera olmadi. Oilada arzimagan narsalardan janjallar çiqara boşladi. Farzandlari olti oylik bölganda, Dilmurod Rosiya davlatiga işlaş uçun ketdi. U Rossiyaga ketganidan keyin, ular yana ham uzoqlaşib ketişdi. Quloğiga har xil gaplar yetib kela boşladi, “Dilmurod Rossiyada boşqa oila qurgan emiş, yangi xotini homilador emiş” şunga öxşaş gaplar. Qaynonasining unga qilayotgan zuğumlaridan, kesatik gaplardan butunlay halovati yöqoldi.

Uydan çiqib ketişga majbur böldi, ular bolani olib qolişmoqçi böldi, lekin bolani bir iloj qilib, özi bilan birga olib ketdi. Hozir ota-onasinikida yaşaydi, öziga ham farzandiga ota-onasining uyida hamma şaroitlar yetarli, ota-onasi, singillari unga har tomonlama kömaklaşadi, bor qiyinçiliklar ham ortda qoldi.

Bu hayotning yana qanday sinov böldi, Nodira unga va turmuş örtoği Dilmurodga nisbatan farzandlikka olişni bekor qiliş haqida sudga daʼvo ariza kiritibdi...

Birdan sudya yordamçisining ularning sud zaliga kirişlari kerakligi haqidagi çaqiriği uni sergaklantirdi.

Sudda Nodira bolani qarindoşi Dilmurod uçun berganligini, endi ular birga yaşamayotganligini, Dilmurod bolani qaytarib berişga roziligini, butunlay begona ayolda farzandini qoldira olmasligi haqidagi vajlarni keltirib, farzandlikka olişni bekor qilişni söradi.

Dilmurod sudda bola ularning oilasini saqlab qola olmaganligini, farzandlikka olingan bolani boqişdan böyin tovlaşini bildirib, bolani biologik ota-onasiga qaytarib berişni söradi.

Turmuş örtoğining sud majlisida bergan körsatmalaridan hayron qoldi, odam ham şunçalik özgarib ketişi mumkinmi? Axir farzand asrab oliş haqidagi fikr undan çiqqan edi-ku.

Oqilaga söz navbati berilganda, özini zörğa qölga olib, yiğlamaslikka harakat qilib, farzandi uçun hamma narsaga tayyorligini, bola hozir ikki yoşdan oşganligini, farzandi barkamol voyaga yetişi uçun hamma şaroitlarni qilib berişi haqida tuşitiriş berib, bolani undan olib qöymasliklarini suddan ötinib söradi.

Sud maslahatxonadan çiqib, voyaga yetmagan Qodirova Oqilani öz onasi deb bilişini, bolani undan ajratiş bolaga salbiy taʼsir körsatişi mumkinligini, Qodirova Oqila voyaga yetmaganni moddiy taʼminlaş va tarbiyalaşdan boş tortmaganligini, bolani onasi sifatida öz majburiyatlarini töla-tökis bajarib kelayotganligini, javobgarlar bola manfaatlariga zid harakatlar sodir qilmaganligini, daʼvogar özi rozi bölib bolani farzandlikka berganligini inobatga olib, daʼvogarning farzandlikka olişni bekor qiliş haqidagi daʼvo arizasini rad qilinganligi haqidagi hal qiluv qarorini öqib eşittirdi.

Oqilaga Dilmurodga nisbatan aliment undiriş haqida sudga daʼvo qiliş huquqi mavjudligi tuşintirildi.

Oqilaning quloqlari boşqa narsani eşitmas, lablari “ADOLAT BOR EKANKU” deb piçirlar edi.

Umida Soliyeva,

Namangan viloyat sudi fuqarolik

işlari böyiça sudlov hayʼati sudyasi

×