Qaynotasini piçoqlagan şaxsning jazosi asliça qoldi

Qaynotasini piçoqlagan şaxsning jazosi asliça qoldi

Fuqaro U.A. 2021 yilning iyul oyi boşlarida turmuş örtoği N. bilan murosalari kelişmagani uçun turmuş örtoği ota uyiga ketib qolgan. Şundan söng U.A. işlaş maqsadida Namangan şahriga ketgan. Keçki vaqt işdan uyiiga qaytganida turmuş örtoği yöqligini bilib, qaynotasi A.Q.ga telefon qilgan hamda turmuş örtoği va farzandlarini olib ketişini aytganida qaynotasi ertasiga olib ketasan deb, aytişiga qaramay U.A. uning maslahatiga quloq solmasdan mast holatda qaynotasining işxonasiga borgan.

A.Q. kuyovi kelganini körib, u bilan taşqarida gaplaşib olmoqçi bölgan. U.A.ning mastligini bilib unga holatni tuşuntirişga urinadi ammo U.A. özini aytganini qilmoqçi böladi. Natijada, özaro tortişuv katta janjalga aylangan va U.A. özi bilan olib kelgan oşxona piçoği bilan A.Qning qorniga va çap yelka qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Ularni öşa yerdagi işçilar ajratib A.Qga tez yordam çaqirişgan. Agar işçilar ajratmaganda bu holat yanada ayançli tugardi.

U.A. özining bu xatti-harakatlari natijasida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.

Birinçi instantsiya sudi U.A.ga nisbatan jinoyat işini körib çiqib, uni Jinoyat kodeksi 104-moddasining 2-qismi “l” bandi bilan aybdor deb topib, 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlagan.

Birinçi instantsiya sudining hukmidan norozi bölib U.A. apellyatsiya tartibida şikoyati keltirgan. Şikoyatda, sud hukmidan noroziligi haqida vajlar keltirib, insonparvarlik tamoyilini qöllab, adolatli ajrim çiqarişni söragan.

Apellyatsiya instantsiya sudi şikoyatni körib çiqib, iş hujjatlari va sudda aniqlangan holatlarga köra, U.A. sovuq qurol sifatida foydalanişi mumkin bölgan aşyo ötkir tiğli kesuvçi piçoqni işlatib, A.Q.ga hayoti uçun xavfli bölgan oğir şikast yetkazgan.

Birinçi instantsiya sudi iş holatlarini töla tekşirib, “Qurol töğrisida”gi Qonun va Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumning “Bezorilikka oid işlar böyiça sud amaliyoti haqida”gi, “Badanga qasddan şikast yetkazişga oid işlar böyiça sud amaliyoti töğrisida”gi qarorlaridagi tuşuntirişlariga amal qilib, U.Aga harakatlarini Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan töğri kvalifikatsiya qilganligan deb, uning şikoyatini qanoatlantirişni rad qildi.

Jamşid Mamurov,

Namangan viloyat sudining sudyasi

×