Rossiyaning Ukraina şarqidagi harakatlari BMT Nizomini buzadi – Guterriş

Rossiyaning Ukraina şarqidagi harakatlari BMT Nizomini buzadi – Guterriş

BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Rossiyaning Ukraina şarqida, Donbassga qöşin kiritişi taşkilot Nizomi tamoyillariga zid ekanini taʼkidladi. Bu haqda taşkilot rahbari BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişi yakunlari böyiça jurnalistlarga maʼlum qildi.

“Bu uruş maʼnosiz. Bu BMT Nizomi tamoyillariga ziddir”, deydi Guterriş.

Guterrişning qayd etişiça, agar qaror global uruşga olib kelsa, nima bölişi haqida başorat qiliş qiyin.

“Köp odamlar ölib, uylarini taşlab ketişga majbur böladilar va kelajakka umidlarini yöqotadilar. Buning oqibatlari bölişi aniq. Va menga bu uruşning maʼnosi yöqligi aniq. Bu harakat BMT Nizomi tamoyillariga ziddir. Agar uruş töxtatilmasa, Yevropada katta azob-uqubatlar keltirişi mumkin”, deydi u.

Guterrişning taʼkidlaşiça, u şaxsan uruşni töxtatişga çaqirişi mumkin, ammo nizom böyiça BMT Xavfsizlik Kengaşi ham bu masala yuzasidan vakolatga ega.

×