Karantin vaqtida majburiy ijro harakatlari töxtatiladimi?

Karantin vaqtida majburiy ijro harakatlari töxtatiladimi?

Özbekistonda joriy yilning 16 martidan karantin rejimi örnatildi. Şu sababdan köplab muassasalar vaqtinça yopildi. Höş, karantin davrida majburiy ijro harakatlari ham töxtatiladimi? Yoki qay tartibda amaga oşiriladi? Ayni şu masalaga Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori örinbosari Şavkat Haydarov oydinlik kiritdi.

“Bugungi karantin davrida davlat ijroçilariga quyidagi majburiy ijro etiş çoralarini qöllanişini hamda faoliyat yönalişlari böyiça ijro harakatlari amalga oşirilişini keyinga qoldiriş tavsiya etilmoqda.

Yaʼni:

•    undiruvni turar joylardagi (yaşaş xonadonidagi) mol-mulkiga qaratiş, şu maqsadda ularni xatlaş va olib qöyiş;

•    ijro hujjatida körsatilgan muayyan aşyolarni qarzdor jismoniy şaxsdan olib qöyiş va undiruvçiga topşiriş;

•    qarzdorni köçirib çiqariş;

•    undiruvçini köçirib kiritiş;

•    yer uçastkasini olib qöyiş va ötkaziş;

•    imorat (qurilma) ni buzib taşlaş;

•    bolani olib beriş va topşiriş.

Davlat ijroçilariga yuqoridagi ijro harakatlarini faqat keçiktirib bölmaydigan hollardagina karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilib, hududiy boşqarma boşliği yoki uning örinbosari ruxsati bilan amalga oşirilişi mumkinligi tuşuntirilmoqda”, dedi Haydarov.

Majburiy ijro byurosi xodimlari tölov madaniyati va ijro intizomiga rioya etuvçi va asosiysi qarzdor bölmagan fuqarolarni bezovta qilmaydi. Bu jarayonda fuqarolarimiz foydalanilgan elektr va tabiiy gaz uçun tölovlarni amalga oşirmasa ham bölar ekan degan notöğri fikrni uyğotmasligi lozim, deb qöşimça qildi MIB masʼuli.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirusni yuqtirib oliş bilan boğliq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kişida koronavirus infektsiyasi aniqlandi. 

Qadrli yurtdoşlar, karantin davrida zarurat bölmasa, köçaga çiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida ötkazing. Unutmang, #UydaHayotBor Sunnatilla Abdullayev

×