Tezkor: Qamçiq dovoni vaqtinça yopildi

Tezkor: Qamçiq dovoni vaqtinça yopildi

Gidrometeoroligiya xizmati markazi bergan maʼlumotga köra, 2019 yil 21 dekabr kuni A-373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölida qor köçkisi xavfi mavjud bölganligi bois, “Qamçiq” dovoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining kuç va vositalari tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtinçalik töxtatilgan. Bu haqda Favqullodda Vaziyatlar Vazirligi xabar beryapti.

Xabarda aytilişiça, Toşkent viloyatining Ohangaron va Angren şaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanida avtotransport haydovçilari va yölovçilarni qabul qiliş böyiça barça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

“Qamçiq” dovonidan ötişga ulgurmagan avtotransport haydovçilari va yölovçilarni Toşkent viloyatining Ohangaron va Angren şaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumiy ovqatlaniş şohobçalariga joylaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Ular uçun barça şaroitlar (issiq ovqat, içimlik suvi, dam oliş joylari) qilingan.

FVV qor qatlami yiğiladigan joylar holati mustahkam emasligi, Qamçiq dovonida qor köçiş xavfi mavjudligi haqida yana bir bor eslatgan va bu borada kun davomida yana maʼlumot berib borişini aytgan.

×