Namangandan Rossiyaga uçgan samolyot harbiy harakatlar sabab ortga qaytdi

Bugun, 24 fevral kuni Rossiya Qurolli Kuçlarining Ukrainaga kirişi ortidan Rostov-Don viloyati havo hududi yopilgani “Uzbekistan Airways” kompaniyasi parvozlariga ham taʼsir qildi.

Kompaniyaning maʼlum qilişiça, Rostov (Rossiya) viloyatidagi havo maydoni yölovçi samolyotlarining qatnovlari uçun yopilişi munosabati bilan, 24 fevral kuni Namangan – Krasnodar yönalişi böyiça HY-9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda.

“Bekor qilingan parvoz yölovçilari aviaçiptani bepul bronlaş yoki töliq qiymatini qaytarib oliş huquqiga egadirlar.

“Uzbekistan Airways” AJ yölovçilarni jadvaldagi har qanday özgarişlar haqida qöşimça ravişda xabardor qiladi”, deyiladi rasmiy maʼlumotda.

×