Namanganda kanalizatsiyadan qon oqayotgani aytilmoqda

Namanganda kanalizatsiyadan qon oqayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati, Çust tumani “Sarimsoqtepa” MFYda kanalizatsiya tarmoğida qon oqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Uşbu holatga “Namangan suv taʼminoti” MÇJ munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, xabar tarqalganidan söng, “Namangan suv taʼminoti” MÇJ tomonidan tezkor suriştiruv ötkazilgan.

Taʼkidlanişiça, mazkur xolat tarmoqlardagi tiqiliş natijasida kelib çiqqan bölib, joriy yilning 18 fevral kuni aniqlangan hamda Xududiy oqava tozalaş bölimining Çust filiali tomonidan bartaraf etilgan. 

Bugun, 23 fevral kuni nazoratçi tomonidan vizual tekşiruv ötkazilganda, avariya xolati aniqlanmagan.

Şuningdek, oqava tarmoqlarida oqayotgan suvning qizil rangga kirişiga tarmoqqa ulangan tozalaş vositalarini işlab çiqaruvçi fabrikadan çiqqan kimyoviy moddalar sabab qilib körsatilgan. 

Uşbu masala yuzasidan qöşimça örganiş ötkazilib, natijasi maʼlum qilinişi aytilmoqda.

×