Saudiya Arabistonida 22 fevral sanasi ilk bor bayram sifatida nişonlanmoqda. Tarixiy manbalarga köra, 1727 yilning ayni şu kuni birinçi Saudiya davlatiga asos solingan.
Ikki muqaddas masjid xodimi, podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bu mamlakat xalqini yanada jipslaştiruvçi kun ekanini taʼkidlagan.
«Biz 1727 yilda bu möʼtabar mamlakatga asos solingan kunni ayriça qadrlaymiz. Zero, hozirga qadar hukm surib kelayotgan tinçlik, barqarorlik va adolat tamali öşanda qöyilgan edi», – deydi Saudiya yetakçisi.
Qayd etilişiça, ajdodlarning mardona kuraşi orqali barpo etilgan davlatçilik mamlakat xalqining taraqqiyot yölidagi bugungi saʼy-harakatlarida ham hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Milliy-siyosiy bayram munosabati bilan dunyo yetakçilari Saudiya rahbariyatiga tabrik yöllamoqda. Qutlov nomalarida podşohlikning Arab-islom olamida yetakçilik örniga alohida eʼtibor qaratilgan.
Maʼlumotlarga qaraganda, milodiy 1727 (hijriy 1139) yilda köhna Diriya şahrida imom Muhammad bin Saud tomonidan birinçi Saudiya davlatiga asos solingan. Salkam 300 yil avval röy bergan bu tarixiy voqea zamonaviy davlatçilik poydevori qöyilgan kun deya baholanadi. Oradan ikki asr ötib, Muhammad bin Saudning avlodi podşoh Abdulaziz zamonaviy Saudiya Arabistoni davlatini barpo etgan.
Ayni paytda Riyoz muzofoti tarkibidagi Diriya şahrining markaziy qismi YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.
22 fevral bayrami Saudiya rahbarining joriy yil yanvardagi farmoni bilan taʼsis etilgan. Tarixiy sana munosabati bilan mamlakat böylab harbiy parad, madaniy körgazmalar, teatr va musiqa namoyişlari, xalq öyinlari ötkazilmoqda.









