Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan Andijon şahar Xalq taʼlimi bölimida 33,8 mlrd.söm byudjet mablağlarini özlaştiriş holatlari aniqlandi.
Bu haqda Moliya vazirligi maʼlum qilgan.
Departament tomonidan 2020 yilning noyabr oyida byudjet mablağlarini maqsadli sarflanişi yuzasidan ötkazilgan kameral nazorat natijasida Andijon şahar Xalq taʼlimi bölimi tomonidan iş haqi tölovlari böyiça şubhali xarajatlar amalga oşirilganligi aniqlangan.
Uşbu aniqlangan şubhali xarajatlar yuzasidan Xalq taʼlimi bölimining 2018 yil 1 noyabrdan 2020 yil 1 noyabrgaça bölgan davri birlamçi hujjatlar asosida taftişdan ötkazilganda, xodimlarga hisoblangan iş haqiga nisbatan 33,8 mlrd.söm naqd pullar Xalq taʼlimi bölimining masʼul xodimlari tomonidan bankdan ortiqça olinib, markazlaşgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan özlaştirib yuborilganligi aniqlandi.
Uşbu özlaştirilgan mablağlar 2018 yilda 1,0 mlrd.sömni, 2019 yilda 12,6 mlrd.sömni va 2020 yilning ötgan davrida 20,2 mlrd.sömni taşkil etgan.
Ötkazilgan taftiş yakuni böyiça töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun Boş prokuraturaga yuborilgan.









